"Liverpul" ketma-ket 4 ta o'yindan beri gol ura olmayapti
22 jan 2021 08:57
Yangiliklar


"Liverpul" ketma-ket 4 ta o'yindan beri gol ura olmayapti
"Liverpul" kecha APLning qoldirilgan o'yinida "Byornli"ga yutqazib qo'ydi.
Yurgen Klopp jamoasi APLda ketma-ket to'rtinchi o'yindirki, gol ura olmayapti. Jamoa bungacha "Sautgempton"ga (0:1) yutqazgan bo'lsa, "Nyukasl" (0:0) va "Manchester Yunayted" (0:0) jamoalari bilan nursiz durang qayd etgan.
Bu "qizillar"ning 2000 yilning may oyidan buyon ko'rsatgan eng yomon natijasi hisoblanadi.
Endilikda "Liverpul" 24 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida yana MYUga qarshi o'yin o'tkazadi. 28 yanvarda esa jamoani APLning 20-tur o'yini - safarda "Tottenxem"ga qarshi bahs kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar