"Liverpul" Karius va Minoleni sotib yuborishga tayyor

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 12:14
"Liverpul" yozgi transfer oynasida ikki darvozabon - Loris Karius va Simon Minoleni sotib yubormoqchi.

Oldinroq, ingliz klubi rekord pullar evaziga "Roma"dan Alisson Bekerni xarid qilgan edi, Yurgen Klopp esa 25 yoshli braziliyalik yangi mavsumda asosiy darvozabon bo'lishini ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kariusga Bernd Lenoni "Arsenal"ga sotib yuborgan "Bayer" qiziqish bildirmoqda.

"Liverpul" ikkala darvozabondan qutilish niyatida va ularning o'rniga posbon sotib olmaydi. Murabbiylar shtabi yoshlar jamoasidagi Kamil Grabara va Kaoymina Kellexerni sinab ko'rmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph