"Liverpul" Kabakni 10 mln evroga xarid qilishni xohlamadi
15 iyu 2021 11:50
Yangiliklar
"Liverpul" Kabakni 10 mln evroga xarid qilishni xohlamadi
"SHalke" "Liverpul"ga himoyachi Ozan Kabak bilan o'n million evroga shartnoma imzolashni taklif etdi.
Kabak o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Liverpul"da o'tkazdi, ammo mersisaydliklar rahbariyatiga maqul kelmadi.
"SHalke" Bundesligadan tushib ketganidan so'ng, maoshlar miqdorini pasaytirish uchun turkiyalik himoyachini 10 million evroga sotishni xohlagan edi, ammo ingliz klubi uni rad etdi.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi Yurgen Klopp jamoasida 13ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar