"Liverpul" ishqibozi 3 yil davomida jamoasining o'yinlarini stadiondan kuzata olmaydi
11 iyu 2019 15:20
Yangiliklar


"Liverpul" ishqibozi 3 yil davomida jamoasining o'yinlarini stadiondan kuzata olmaydi
Angliyaning "Liverpul" klubi ishqibozi jamoaning o'yinlarini stadionda ko'rish borasida 3 yillik taqiq oldi.
Mallen "Barselona" hamda "Liverpul" o'rtasidagi CHL yarim final javob bahsidan oldingi tartibsizlik qilgan muxlislardan biri bo'lgan.
Videoda malum bo'lishicha, Mallen osiyolik turistni Placa Reial maydonidagi fontanga itarib yuborgan.
Qayd etish kerakki, muxlis bundan buyog'iga o'yinni hattoki stadionning atrofidan ham kuzata olmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" CHL final o'yinida "Tottenxem"ni mag'lub etgan holda bosh sovringa ega chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar