"Liverpul" hujumchisi "Beyjing Goan"ga o'tishni istamadi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2017, 16:10
"Liverpul" hujumchisi Deniel Starrij Xitoy klubining taklifini rad etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, juma kuni "Beyjing Goan" klubi transfer oynasi yopilishidan avval futbolchini xarid qilishga uringan. Biroq 27 yoshli Starrij Xitoy klubiga o'tmoqchi emasligini ma'lum qildi.

So'nggi mavsum Starrij APLning 20 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

"Beyjing Goan"da hamyurtimiz Egor Krimec to'p tepadi, klubni esa nemis mutaxassis Rojer Shmidt boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror