"Liverpul" himoyachisi "Lester"ga o'tishi mumkin
07 okt 2018 14:53
Yangiliklar
"Liverpul" himoyachisi "Lester"ga o'tishi mumkin
"Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi Nataniel Klayn "Lester" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Nataniel hozirda asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmaydi. U o'z joyini yosh futbolchi Trent Aleksandr-Arnoldga berib qo'yganidan keyin jamoadan ketishni o'ylamoqda.
Ayni damda "tulkilar" Klayn borasida taklif tayyorlashmoqda. Yaqin vaqtlarda muzokaralar boshlanishi mumkin.
Fikrlar