"Liverpul" himoyachisi Fillips jarohat oldi
05 mar 2021 16:28
Yangiliklar


"Liverpul" himoyachisi Fillips jarohat oldi
Kecha jarohati sabab "Liverpul" himoyachisi Nataniel Fillips "CHelsi"ga qarshi bahsda ishtirok etmadi.
23 yoshli angliyalik futbolchida jarohat bor. Bu haqda klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp aytib o'tdi.
Fillips joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "SHtutgart"da o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar