"Liverpul" Gavini xarid qilish fikridan qaytdi
05 iyu 2022 21:00
Yangiliklar


"Liverpul" Gavini xarid qilish fikridan qaytdi
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "Liverpul"ga o'tmaydi.
Manbaga ko'ra, Angliya klubi futbolchining 50 million evro miqdordagi tovon pulini to'lashga shay edi, biroq u "Barselona"dan ketmoqchi emas. SHunday qilib, xavbek yaqin orada kataloniyaliklar bilan kelishuvini uzaytiradi.
17 yoshli Gavi o'tgan mavsumda "Barselona" uchun 46 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 ta golda assist vazifasini bajardi. Uning klub bilan bitimi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar