"Liverpul" futbolchisi "Barselona"ga o'tadi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2021, 14:14
"Liverpul" xavbeki Jorjino Veynaldum kelajagi borasida bir qarorga keldi.

"Mirror" xabariga ko'ra, uning yangi jamoasi "Barselona" bo'ladi va u klubga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi. Futbolchi "Liverpul" taklif qilgan shartnomaga rad javobini bergan. Uning "Barselona"ga o'tishi sababi sifatida Ronald Kuman keltirilmoqda. Ular birgalikda Niderlandiya termasida ishlashgan.

Ushbu mavsumda Veynaldum 23 o'yinda qatnashdi va 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror