“Liverpul” futbolchilari birinchi bo'limda kiritgan gollari bo'yicha Premer-ligada rekord o'rnatishdi
24 fev 2014 17:53
Yangiliklar


“Liverpul” futbolchilari birinchi bo'limda kiritgan gollari bo'yicha Premer-ligada rekord o'rnatishdi
Kecha “Liverpul” futbolchilari Starrij va Jordan Xenderson “Suonsi”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida gol kiritib APLda yangi rekord o'rnatishdi, deb xabar beradi klub rasmiy Tvitteri.
Ushbu mavsumda mersisaydliklar birinchi bo'limning o'zida 46 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilishgan. SHunday qilib ular birinchi bo'limda kiritgan gollari bo'yicha Premer-ligada rekord o'rnatishgan. Takidlab o'tamiz mazkur ko'rsatgich bo'yicha ikkinchi o'rinni “Arsenal” (45ta gol) va “Manchester Yunayted” klubi (45ta gol) egallagan.

Fikrlar