“Liverpul” “Enfild”da o'tgan so'nggi 32 ta APL o'yinidan 31 tasida g'alaba qozondi
07 dek 2020 08:10
Yangiliklar


“Liverpul” “Enfild”da o'tgan so'nggi 32 ta APL o'yinidan 31 tasida g'alaba qozondi
“Liverpul” APL 11-turi doirasida o'z uyida “Vulverxempton”ni 4:0 hisobida taslim qildi.
Mersisayd klubi APLdagi so'nggi 32 ta o'z maydonidagi bahsdan 31 tasida g'alaba qozondi va bittasida durang qayd etdi. To'plar nisbati esa 93:25 ni tashkil etmoqda.
APLda 11-turdan so'ng Klopp shogirdlari musobaqa jadvalida peshqadamlikni “Tottenxem” bilan bo'lishib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar