"Liverpul" ECHL doirasidagi "Ayaks"ga qarshi o'yin oldidan 8 ta yo'qotishga ega
13 sen 2022 11:30
Yangiliklar


"Liverpul" ECHL doirasidagi "Ayaks"ga qarshi o'yin oldidan 8 ta yo'qotishga ega
"Liverpul"ning birdaniga 8 nafar futbolchisi CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Ayaks"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi, deb xabar berdi Angliya klubi rasmiy sayti.
Ayni damda mersisaydlardan darvozabon Kuivin Kellexer, himoyachilar Ibraima Konate, Kyortis Jons, Kelvin Remzi va Endryu Robertson, yarim himoyachilar Jordan Henderson, Aleks Oksleyd-CHemberlen va Nabi Keyta jarohatlanganlar safini to'ldirib turibdi.
"Liverpul" – "Ayaks" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 1-turda "Napoli"ga yutqazgan (1:4), "Ayaks" esa "Reynjers"ni mag'lub etgandi (4:0).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar