"Liverpul" Dibala uchun kurashga qo'shilishi mumkin
26 jan 2022 19:48
Yangiliklar


"Liverpul" Dibala uchun kurashga qo'shilishi mumkin
"Liverpul" tez orada "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala uchun kurashga qo'shilishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, "qizillar" argentinalik hujumchini kelasi yozda taklif etish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
Dibalaning "Yuventus" bilan shartnomasi 2022 yilning iyulida yakuniga etadi. Italiya matbuotining ko'plab xabarlariga ko'ra, futbolchi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan va yozda Turinni tark etadi.
Ammo Dibalani qo'lga kiritish uchun asosiy favorit argentinalik futbolchi bilan muzokara olib borayotgan "Inter" hisoblanadi. Dibala joriy mavsum A Seriyada 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar