"Liverpul" darvozaboni "Betis"ga o'tdi
10 iyu 2024 12:25
Yangiliklar
"Betis" "Liverpul" darvozaboni Adrian bilan shartnoma imzolaganini rasman elon qildi. 37 yoshli ispaniyalik darvozabon bilan shartnoma ikki yil – 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi, deya xabar berdi La Liga klubi matbuot xizmati.

Adrian erkin agent sifatida "Betis"ga o'tdi. Ispaniyalik futbolchi 2013 yilgacha ranglarini himoya qilgan jonajon klubiga qaytdi.
Adrian "Betis"ni tark etgach, 2013 yildan 2019 yilgacha "Vest Xem"da o'ynagan. Tajribali darvozabon so'nggi besh mavsumni "Liverpul"da o'tkazdi. So'nggi mavsumda darvozabon birorta rasmiy o'yinda qatnashmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar