“Liverpul” “Barselona”ni ortda qoldirdi

3 may 2018, 02:41
“Liverpul” Chempionlar ligasining bir mavsumida gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi.

YCHL yarim finalida “Roma”ga qarshi javob bahsida Jorjino Veynaldumning goli “qizillar”ning joriy mavsumdagi 46-goli sifatida qayd etildi.

Bu natija nafaqat Chempionlar Ligasi, balki Evrokuboklarda bir mavsumda bir jamoa tomonidan qayd etilgan rekord ko'rsatkichdir.

Bungacha ushbu rekord “Barselona”ga tegishli bo'lib, 1999/2000 yilgi mavsumda kataloniyaliklar YCHLda 16 ta uchrashuvda 45 ta gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com