So’nggi yangiliklar

14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  2 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  2 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  1 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   3 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  2 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  3 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  10 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12

"Liverpul" akademiyasidan chiqib, asosiy tarkibda debyutini o'tkazganlar. Hozir ular qaerda? Yangiliklar

"Liverpul" akademiyasidan chiqib, asosiy tarkibda debyutini o'tkazganlar. Hozir ular qaerda?

“Liverpul” akademiya bitiruvchilariga asosiy jamoada o'ynash imkoniyatini berishi orqali boshqalardan ajralib turadi.

Biroq tezda porlab chiqib, asosiy tarkibda debyutini o'tkazgan va keyinchalik butunlay yo'qolib ketgan futbolchilar talay topiladi. Quyida mana shunday o'yinchilar borasida so'z yuritamiz. 

Adam Morgan

Qahramonimiz “Liverpul”da navbatdagi Robbi Fauler bo'lishi kutilgan, ammo u "qizillar" libosida atigi 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

"Brendan mening qobiliyatimga shubha qilmasligini aytdi, lekin u jismonan tayyor emasligimni malum qildi. “Liverpul”dagi vaqtim tugayotganini eshitib, juda xafa bo'lgandim", – deb eslaydi Morgan. 

U "qizillar"ni tark etganidan so'ng salkam 15 ta jamoada o'ynab chiqdi. Diqqat qiling, Morgan 27 yoshda. Lekin quyi liganing barcha jamoalarida o'ynab chiqmoqda. Hozir u "Xaringey Boro"da faoliyatini davom ettirmoqda. Bu jamoa mintaqalar chempionatida ishtirok etadi. 

Andre Uizdom

Andre "Liverpul"dagi birinchi o'yinini 2012 yilda Evropa Ligasi doirasida "Yang Boyz"ga qarshi o'yinda (5:3) o'tkazgan va gol ham urgan edi. Bu futbolchi "qizillar"ning asosiy figurasi bo'lishi taxmin qilingandi. 

U klubda o'ynab keta olmadi. Natijada, rahbariyat uni ijaraga berib yubordi. Qahramonimiz "Derbi Kaunti", "Vest Bromvich", "Norvich Siti" va "Zalcburg"da o'ynab chiqdi. 2017 yilda "Derbi" uni to'liq o'z safiga qo'shib oldi. O'tgan mavsumda esa "qo'chqorlar"dan ketdi. Hozirda jamoasiz.

Jerom Sinkler

Sinkler 2012 yilda 16 yoshu 6 kunligida "Vest Bromvich"ga qarshi Liga Kubogi bahsida zaxiradan maydonga tushib, bu borada "Liverpul"ning eng yosh futbolchisiga aylangan. SHundan so'ng u aytarli maydonga tushgani yo'q. 2016 yilda esa "Uotford"ga qo'shildi. Jerom "Vikarij Roud"da ham o'zini namoyon eta olmadi va “Sanderlend”, “Birmingem”da ijarada to'p tepdi. Keyinchalik Niderlandiya va Bolgariyada ham qisqa vaqt mobaynida baxtini izlab ko'rdi. Hozirda 25 yoshli hujumchi jamoasiz qolgan. 

Bred Smit

2013 yilda "Liverpul" safida "CHelsi"ga qarshi bahsda debyutini o'tkazgan. 2015/16 yilda asosiy jamoa tarkibida yana 10 ta o'yinda maydonga tushgan.

Yurgen Klopp kelganidan so'ng u jamoaga ortiqchalik qiladi hamda 3 mln funt evaziga "Bornmut"ga sotib yuboriladi. Ammo "giloschilar" libosida ham bir tekis o'ynab keta olmaydi. 27 yoshli futbolchi hozirgi paytda AQSHning "Di Si Yunayted" klubi sharafini himoya qilmoqda. 

Kemeron Brennagan

"Liverpul" akademiyasidan etishib chiqqan Brennagan Rojers davrida asosiy tarkibda debyutini o'tkazib, Klopp kelgach "qizillar"ni tark etadi. Uning debyuti 2014 yilning 5 yanvar kuni Angliya Kubogi doirasida "Oldxem"ga qarshi kechadi. Biroq asosiy tarkibga munosib emas deb topilgan qahramonimiz 2018 yilda yanvar oyida "Oksford Yunayted"ga ko'chib o'tadi. Hozir ham aynan shu erda o'ynab kelmoqda. Xavbek 2017 yilda ijara asosida "Flitvud Taun"da o'ynaydi.

Jordan Rossiter

Rossiter "Liverpul" libosidagi debyutini 2014 yilda "Midlsbro"ga qarshi o'yinda nishonladi.  Ahamiyatlisi, u mersisaydliklar safida gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylanadi. Ammo keyinchalik ishlari yurishmaydi. Natijada, 2016 yilda "Reynjers"ga borib qo'shiladi. SHotlandiyaliklar tarkibida ham kutilganidek o'ynab keta olmaydi. 

Uning SHotlandiyadagi faoliyati jarohatlar tufayli qiyinlashadi. 25 yoshli futbolchi hozirda "Flitvud Taun" safida to'p tepmoqda. 

Pedro CHirivelya

CHirivelya "Liverpul"dagi etti yillik faoliyati davomida bor-yo'g'i 11 marta maydonga tushadi.  

Yarim himoyachi 2020 yilning iyun oyida "Liverpul" bilan shartnomasi tugagach, Franciyaning "Nant" klubiga o'tgan. SHu vaqtda  u Yurgen Klopp borasida quyidagilarni aytib o'tadi. 

"Menda faqat minnatdorchilik so'zlari bor. U menga juda yaxshi munosabatda bo'ldi va men unga faqat rahmat aytishim mumkin.

Farzandlarim va nevaralarimga futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri tomonidan tarbiyalanganimni aytaman", – degan u.

Samandarbek tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика