"Liverpul" afsonasi: "Xenderson - haqiqiy professional"
04 iyu 2019 05:00
Yangiliklar


"Liverpul" afsonasi: "Xenderson - haqiqiy professional"
"Reynjers" bosh murabbiyi va "Liverpul" sobiq o'yinchisi Stiven Jerrard mersisaydliklar yarim himoyachisi Jordan Xendersonning ishini yuqori baholadi.
"Jordan sovrinni boshi uzra ,baland ko'targanida, menda faxr tuyg'usi paydo bo'ldi. "Liverpul" Evropa taxtiga qaytganidan faxrlandim va ayniqsa Xenderson uchun mag'rurlandim. CHunki, men uni qanday qiyin mehnat, qurbonliklar qilishini bilaman. U bosim ostida qolgandi.
Agar haqiqiy professionallarni aytadigan bo'lsam, Jordan ro'yxatning eng yuqori qismida bo'ladi. U mukammal. Odamlar sahna ortida nima bo'layotganini ko'rishmaydi, Xenderson haqiqiy namuna qilib ko'rsatadigan futbolchi. Unda kuch, texnika va ko'plab ajoyib sifatlar bor. U "Liverpul"ning muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi", - deya etirof etdi Stivi Ji.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar