"Liverpul" 40ta o'yindan beri "Enfild"da yutqazmayapti
05 fev 2020 12:07
Yangiliklar


"Liverpul" 40ta o'yindan beri "Enfild"da yutqazmayapti
"Liverpul" Angliya Kubogi 4-raund bosqichida "SHrusberi Taun" (1:0)ni zaxira tarkibi bilan yutdi.
SHunday ekan, "qizillar"ning "Enfild"dagi mag'lubiyatsiz seriyalari barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 40ta o'yinga etdi.
"Liverpul" 40ta o'yindan 35tasini g'alaba bilan tugatgan bo'lsa, 5tasida durang natija qayd etilgan.
"Liverpul" o'z uyidagi so'nggi 7ta o'yinda nafaqat g'alaba qozonyapti, balki darvozasi dahlsizligini saqlab qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar