"Liverpul" 30 yoshli himoyachi sotib oldi
20 iyu 2016 16:55
Yangiliklar
"Liverpul" 30 yoshli himoyachi sotib oldi
"Liverpul" "Augsburg" himoyachisi Ragnar Klavanni xarid qilgani haqida elon qildi.
30 yoshli estoniyalik futbolchi qizillar bilan ko'p yillik shartnoma imzoladi. Britan OAVning malumotiga ko'ra, transfer 5 mln. evroga amalga oshgan.
Klavan yakunlangan mavsumda "Augsburg" safida Bundesliganing 31 uchrashuvida maydonga tushgan.
"Bu ajoyib klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman. Hozir buni tasvirlash juda qiyin, chunki 22 yildan beri Premer-ligada o'ynashni orzu qilaman. APL - jahonning eng maftunkor ligasi va bu erda doimo ajoyib futbolchilar to'p tepgan" - deydi Klavan.
Fikrlar