"Liverpul" 24 soat ichida ikkita qitada o'yin o'tkazadi
17 dek 2019 11:30
Yangiliklar


"Liverpul" 24 soat ichida ikkita qitada o'yin o'tkazadi
"Liverpul" U-23 yoshlar terma jamoasi murabbiyi Nil Kritchli yosh futbolchilardan iborat jamoani Angliya Liga Kubogi chorak final doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o'yinga boshlab tushadi.
Kritchli Yurgen Klopp Qatarda bo'lib o'tayotgan klublar o'rtasidagi JCH paytida barcha ishni o'z zimmasiga oladi.
U so'nggi haftalarda asosiy jamoani boshqarishga tayyorgarlik ko'rish maqsadida "Liverpul"ning Melvuddagi mashg'ulot bazasiga tashrif buyurdi.
O'tgan oyda "Arsenal" (6:5 pen)ga qarshi o'ynagan Rayan Bryuster, Kaomxin Kellexer va Neko Uilyamslar Birmingem jamoasiga qarshi o'ynash uchun Angliyada qolishgan.
Eslatib o'tamiz, "qizillar" Angliya Liga Kubogi doirasida Toshkent vaqti bilan 00:45da "Aston Villa"ga qarshi, 22:30da esa klublar o'rtasidagi JCH yarim final doirasida "Monterrey"ga qarshi bahs olib borishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar