So’nggi yangiliklar

16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  0 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  0 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  4 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  7 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  8 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  4 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  5 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  2 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  11

"Liverpul" 1 - 2 "CHelsi". Matnli translyaciya Yangiliklar

"Liverpul" 1 - 2 "CHelsi". Matnli translyaciya

Angliya Premer-Ligasi 11-turidan o'rin olgan "Liverpul" - "CHelsi" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

"Liverpul" 1 - 2 "CHelsi". 

Gollar: Jan 8, Kexill 14, Kosta 67.

Ogohlantirishlar: Sterling 44, Ivanovich 48, Balotelli 65, Matich 69, Diego Kosta 85.

"Liverpul": Minole, Jonson, SHkrtel, Lovren, Moreno, Jerrard, Jan (Allen), Xenderson, Koutino (Borini 70), Sterling, Balotelli (Lambert). 

"CHelsi": Kurtua, Ivanovich, Keyxill, Terri, Aspilikueta, Matich, Fabregas, Ramires (Villian 55), Oskar, Azar (Filipe 90+5), Diego Kosta (Drogba).


"CHelsi" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Sog' va salomat bo'ling.
                                
                           Uchrashuv tugadi.
90+6. Hakam o'yinni tugatmayapti. "CHelsi" qarshi hujumda.

90+5. So'nggi soniyalar o'tib bormoqda.

90+5. O'zgarish. Filipe Luis Azarni almashtirdi.

90+4. Kurtua sariq kartochka. O'yin cho'zgani uchun siylandi.

90+3. Borini bosh bilan Kurtua darvozasiga zarba berdi. Noaniq.

90+2. "Liverpul" raqib himoyasida "tirqish" topa olmayapti.

90+5. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zgarish. Kosta o'rniga Drogba maydonga tushdi.

89. Muxlislar tushkun holatda.

88. Kosta maydonda yotibdi. O'yin to'xtatilmadi. "CHelsi" futbolchilari to'pga egalik qilishlari bilan, uni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

87. Jerrardning zarbasini Kexill qo'li bilan qaytargandek tuyuldi. Penalti yo'q.

85. Sariq kartochka. Diego Kosta.

84. Mezbonlar qanotlardan raqib jarima maydonchasi ichiga yuqoridan to'p etkazib berishyapti, ammo himoyachilar xushyor.

83. "Liverpul" futbochilari tuzukroq hujum tashkil qila olishmayapti. Mehmonlarni esa qarshi hujumga o'tgani kuchlari etmayapti.

82. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilardan tashqari, "eski"lar charchashdi. Hujumga o'tgan "ko'klar" futbolchilari o'sha erda qolib ketishyapti.

81. Lambertning ilk zarbasi himoyachi tegdi.

80.  Sterling maydon markazida Azarga qo'pollik ishlatdi.

79. O'zgarish. Balotelli maydonni tark etyapti. Uning o'rniga o'yinni Riki Lambert davom ettiradi.

78. Mezbonlarda yana standart. Burchak to'pi.

77. "Liverpul" vanihoyat hujumga o'ta boshladi.

76. Mezbonlarning standari yana o'xshamadi.

75. Yana rikoshet.  "Liverpul" burchak to'piga ega bo'ldi.

74. Ofsayd. Balotelli bugun faqat ofsayd bilan yodimizda qoladi shekilli.

72. Mourino hozircha xursand emas. Bu tabiiy hol, chunki hisob xavfli.

71. Bugungi o'yinni maydondan 44698 nafar muxlis kuzatib borishyapti.

70. O'zgarish. Emre Jan  - Jo Allen. Koutino - Borini.

69. Sarik kartochka. Matich deyarli maydon markazida jonsonga qo'pollik qildi.

68. Aspilikueta chap qanotdan yorib kirdi va to'pni Villianga oshirdi. Yarim himoyachi esa to'p tega olmadi, ammo orqaroqda turgan Kosta o'z hisobiga navbatdagi golni rasmiylashtirdi.

67. GOOOOOOLLLLLLL!!!!!!!!! Diego KOSTAAAA!!!!!!!!!!!!

66. Yana bir noaniq standart amalga oshdi.

65. "Liverpul" jarima maydonchasi yonida Balotelli qoida buzdi.  Sariq kartochka.

65. Kosta to'xtalishdan foydalanib, yirtiq futbolkasini almashtirib oldi.

64. Himoyachi "CHelsi" shifokori Eva bilan maydonni tark etmoqda.

63. To'p uchun ikkinchi qavatda kurashgan Ivanovich, erga noqulay tushdi.

62. Maydonda Ivanovich cho'zilib yotipti. Mezbonlar esa o'yinni to'xtatgisi yo'q.

60. "Liverpul" futbolchilari maydon markaziga etib bormasdan to'pni yo'qotib qo'yishyapti.

59. "CHelsi" uchrashuvning ikkinchi qismida ustunlik qilmoqda.

58. "Enfild"da samalyotning ovozi eshitilyapti. Yana qandaydir banner samoda hilpirayapti shekilli.

57. Villan yana o'sha qanotdan kirdi va zarba berdi. To'pni himoyachi to'sib qoldi.

56. Villian o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib borishga harakat qildi, biroq himoyachi toza o'ynadi va to'p "qizillar"ga o'tdi.

56. "CHelsi" bosimni oshiryapti, Balotelli maydonda ko'rinayotgani yo'q.

55. Ramires o'rniga  Villian maydonga tushmoqda.

54. ZARBAAAA!!!!!! Kurtua jamosini qutqardi. Sterling hisobni o'zgartira olmadi.

53. Villian maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

52. Sterling Aspilikuetani ortda qoldirib jarima maydonchasi ichiga to'pni etkazib berdi, himoyachilar xavfli vaziyatni yo'qqa chiqardi.

51. Kostaning futbolkasi yirtilib ketdi.

50. Diego Kosta "orqamachasiga" zarba berdi. Biroz noaniq.

49. Mezbonlar jarima maydonchasi "ko'klar"ning qamalida qoldi. "CHelsi" gol urishga yaqin kelmoqda.

48. Sariq kartochka. Ivanovich hujumga qochib ketayotgan Sterlingni ushlab qoldi.

47. "CHelsi" o'zining navbatdagi burchak to'pidan unumli foydalana olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


                                      Ikkinchi bo'lim


45+1. Birinchi bo'lim tugadi.

45+1. Uchrashuvga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ushbu saxifa orqali hamkasbim onlayn tarzda o'yin suratlarini siz bilan baham ko'ryapti. 

44. Sariq kartochka. Sterling. Darvozadan 26 metr uzoqlikda to'p zarba beradiga futbolchini kutyapti.

43. Jarima zarbasi. Sterling Ramiresni to'xtatib qoldi.

42. Minole burchak to'pini mushtlari bilan urib yubordi.

41. Yana himoyada xato. Azarning chap qanotdan uzoq burchakka bergan zarbasini darvozabon ushlab qoldi.

40. Ivanovchi o'ng qanotdan yorib kirdi, lekin to'pni o'zidan biroz uzoqlashtirish yubordi. Minole xushyor.

38. Mehmonlar maydon markazida to'pni yo'qotishdi, ammo "ko'klar" himoyachi xatosiz o'ynadi.

37. Kostaning jarima maydonchasiga etkazib berayotgan to'pi raqib himoyachisining qo'liga tegdi. Penalti yo'q.

36. "Ko'klar" raqib maydonida pressing qilishni boshlashdi.

35. Azar 16 metrdan himoyachini poyladi, darvoza to'rini emas.

33. Burchak to'pi. Azarning bergan zarbasi Jonsonga tegdi. Navbatdagi burchak to'pi.

32. "Qizillar" himoyachilari xato qilishni kamaytirishsa bo'lardi, chunki raqibning xar bir futbolchisi bu xatoni golga aylantirishi mumkin.

31. To'p bilan egalik qilishda "Liverpul" uchtunlik qilmoqda.

30. Mezbonlar sekin-asta raqib jarima maydonchasiga to'pni olib kirishga urinib ko'rishyapti.

29. Sterling raqibning xar bir standartida himoyaga yordam berishga harakat qilmoqda.

28. Navbatdagi omadsiz standart.

27. Kosta darvozaga zarba berdi, lekin himoyachi to'pni qo'li bilan qaytardi. Penalti emas burchak to'pi.

26. Sterling jarima mayjonchasiga Balotellini ko'zlab to'pni oshirdi, ammo "jahldor yigit"ning yugurgisi kelmadi.

25. Koutino Emre Janga o'xshab zarba berdi, ammo Kurtua to'pni qaytardi. Hujum bartaraf etildi.

24. "CHelsi" 40 metr uzoqlikdan standart amalga oshirdi, ammo mezbonlar to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishdi.

21. Diego Kosta ayyorona SHkrtelni turtib yubordi, himoyachi ham unga o'ziga o'xshab javob berdi. Hakamdan og'zaki ogohlantirish.

20.  Burchak to'pini "qizillar" amalga oshirishdi va yana natijasiz.

18. Yo'q hakam golni hisobga olmadi!!! Balotelli ofsaydda!

17. GOOOOOOOLLLL!!!!!

16. O'yin tempi Angliya chempionatini jahonning eng kuchli musoboqasi ekanligini isbotlab beryapti.

14. Mezbonlar jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan palapartishlikdan Kexill foydalanib qoldi. Darvozaga kirgan to'pni Minole qaytargandek bo'ldi, ammo gol aniqlash tizimi hakamga yordam berdi.

13. GOOOOOOOOOLLLLLL!!!!!! Gol aniqlash tizimiga rahmat!!!! Kexilll !!!!

13. Ikkinchi burchak to'pini tepishga "ko'klar" muvaffaq bo'lishdi.

12. Mehmonlarning standarti omadsiz yakunlandi, ammo to'p londonliklarda qoldi.

11. Kosta "CHelsi" uchun birinchi burchak to'pini ishlab oldi. Mezbon ishqibozlar esa uvillashni boshlashdi.

10. "Liverpul" muxlislari maydonda hayratlanarli shovqin yuzaga keltirishga urinishyapti.

9.Emre Janning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan ikkinchi zarbasi Kexillga tegadi va rikoshet golga aylanadi. Ajoyib start!

8.GOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Emre JJAAAAAAANNNNN!!!!

7. To'p bilan mezbonlar ko'proq egalik qilishmoqda.

6. "CHelsi" xar doimgiday ikkinchi raqam ostida o'ynamoqda va qarshi hujumlarga ishonyapti.

5. "Qizillar" raqib jarima maydonchasiga ko'p marotaba yaqin kelishmoqda va borgan sari hujum sifati yaxshilanib bormoqda.

4. Balotellining ilk to'pga teginishi ofsayd bilan tugadi.

2.O'yin tempi juda tez va ikkala jamoa ham tezkor gol urib ustunlikni o'z tomoniga og'dirmoqchi.

1."Liverpul"ning ikkinchi standarti ham omadsiz bo'ldi.

0. Ilk zarba. Emre Janning bergan zarbasi Terriga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Ammo burchak to'pi foydasiz bo'ldi.

0.Uchrashuv boshlandi. Bahsni "qizillar" boshlab berdi.

- Bugun buyuk jang bo'ladi. Maydon muxlislar bilan to'la, barcha muxlislar o'z jamoasining g'alabasini kutmoqda.

-"Welcome to England" deya barchaga yo'llab bugungi o'yin matnli translyaciyasini boshlaymiz. Bugun xizmatingizda O'zbek niki ostidagi "SA" hodimi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика