So’nggi yangiliklar

21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0

"Liverpul" "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Liverpul" "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratdi

Angliya chempionati 3-tur doirasidagi "Liverpul" hamda "Arsenal" uchrashuvi yakunlandi.

Angliya premer-ligasi. "Liverpul" - "Arsenal" 3:1

"Enfild" stadioni.  

Gollar: Joel Matip (41), Muhammad Saloh (49-P), Muhammad Saloh (59), Lukas Torreyra (85).


"Liverpul" – Adrian, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Matip, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.

"Arsenal" – Leno, Monreal, David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Gyundozi, Jaka, Sebalos, Uillok, Pepe, Obameyang.

Liverpool

Joel Matip - 41', Mohamed Salah - 49', Mohamed Salah - 58'

Premier League . 3-tur

24/08/2019, 22:30

1
:
3
Tugadi

Arsenal

Lucas Torreira - 85'

Stadion: Anfield, 53298 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
41'  Joel Matip
41'  Trent Alexander-Arnold
49'  Mohamed Salah
58'  Mohamed Salah
58'  Fabinho
69'  Georginio Wijnaldum (James Milner)
77'  Sadio Mane (Alex Oxlade-Chamberlain)
86'  Roberto Firmino (Adam Lallana)
90'  Fabinho
48'  David Luiz
61'  Daniel Ceballos (Lucas Torreira)
81'  Joseph Willock (Alexandre Lacazette)
85'  Lucas Torreira
86'  Matteo Guendouzi (Henrikh Mkhitaryan)


- O'yin "Liverpul"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

- Bugungi o'yinni stadiondan bevosita 53298 muxlis tomosha qildi.

90+3. Sariq kartochka! Van Deyk to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Har ikkala jamoa safida o'zgarish. "Liverpul"da Firmino o'rniga Lallana maydonga tushgan bo'lsa, "Arsenal" safida Mxitaryan Gyundozini almashtirdi.

85. GOOOOOOLLL! O'yin so'nggiga yaqin zaxiradan maydonga tushgan Lukas Torreyra hisobni qisqartirdi. Yarim himoyachining jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini Adrian qaytara olmadi.

- Katta ehtimol bilan ushbu turdan so'ng ochko yo'qotmagan jamoa atigi bittani tashkil qiladi. Bu ham bo'lsa bugungi o'yinda g'alaba qozonayotgan "Liverpul".

81. Unai Emeri maydonga Uillok o'rniga Aleksandr Lyakazettni tushirdi.

77. "Liverpul"da navbatdagi o'zgarish. Sadio Mane o'z o'rnini Aleks Oksleyd-CHemberlenga bo'shatib berdi.

76. Hozirga kelib "Arsenal" to'p bilan birozgina ko'proq muomala qilmoqda. Lekin, aytarli bir vaziyat yaratilganicha yo'q.

69. Klopp dastlabki o'zgarishni amalga oshirdi. Jeyms Milner Jorjino Veynaldumni almashtirdi.

67. O'yin biroz sokinlashdi. "Arsenal" taqdirga tan bergan ko'rinadi, "Liverpul" esa hujum qilishdan to'xtamayapti.

61. Unai Emeri dastlabki o'zgarishni amalga oshirdi. Maydonga Dani Sebalosning o'rniga Lukas Torreyra tushirildi.

59. GOOOOOOOOL!!! Muhammad Saloh dubl qayd etmoqda. "Arsenal" himoyachisi David Luiz osongina aldandi, Saloh esa birga-bir vaziyatda raqib darvozasini qiyinchiliksiz ishg'ol qildi.

56. Zarbalar bo'yicha statistika ham "qizillar" tarafida. 21-6

52. Obameyang!!! "Arsenal"ning gabonlik hujumchisi Obameyang birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Forvard bu erda juda bo'sh harakat qildi.

49. GOOOOOOOOL! Muhammad Salohning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi. Misrlik darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

48. Penalti!! David Luiz Muhammad Salohning libosidan ushlab qoldi. Hakam esa ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi va bahsning ikkinchi qismi boshlandi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Hozircha hech bir jamoada o'zgarish yo'q.  

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi. 1-taym shubhasiz "Liverpul"ning ustunligi ostida o'tdi.

41. GOOOOOOOOLL! "Liverpul" himoyachisi Joel Matip burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan Lenoning darvozasiga joylab qo'ydi.

40. "Liverpul" yana bir hujumi besamar ketdi. Muhammad Salohning jarima maydonchasi ichida o'girilib bergan zarbasi birozgina noaniq chiqdi.

34. Nikolya Pepe! Ivuarlik futbolchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Lekin, Pepening bo'sh zarbasi tufayli ajoyib vaziyat golga aylanmay qoldi.

31. Pepe!!! "Arsenal"ning yangi o'yinchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, ammo uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

26. Hozircha ustunlik maydon egalari tarafida. Unai Emeri shogirdlari esa o'z imkoniyatlarini qarshi hujumda sinab ko'rishmoqda.

20. Xavfli vaziyat! Sebalosning xatosidan Sadio Mane unumli foydalana olmadi. To'pning to'g'ri Lenoning qo'liga kelib tushdi.

16. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich: 56% - 44%

11. Adrianning qo'pol xatosidan so'ng darvoza ochiq qolgan edi. Ammo, Obameyangning bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

- Dastlabki ikki turda faqatgina "Liverpul" va "Arsenal" jamoalari yuz foizli natija qayd etishgan. Demak, bugun ularning soni bittaga qisqaradi, balki ikkala jamoa ham ochko yo'qotar.

5. Hozircha kutilganidek to'pga "Liverpul" egalik qilmoqda. "Arsenal" esa dastlabki daqiqalarda ehtiyotkorlikka ahamiyatini qaratgan.

1. Uchrashuv boshlandi! 

- O'yin boshlanishiga bir necha soniyalar qoldi.

- Assalomu alaykum hurmatli Championat.asia sayti o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Londondagi "Enfild" stadionida "Liverpul" hamda "Arsenal" ishtirokida Angliya Premer-ligasining navbatdagi bahsi start oladi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика