So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Lionessalar"dan angliyalik erkak futbolchilarga uch saboq Yangiliklar

"Lionessalar"dan angliyalik erkak futbolchilarga uch saboq

Ayollar o'rtasidagi futbol bo'yicha Evropa CHempionati finalida Angliya va Germaniya terma jamoasi to'qnash keldi.

Sarina Vigman boshqaruvidagi ayol "sherlar" yakuniy bahsda Germaniyaga qarshi o'yinni boshqarish bo'yicha master-klass o'tkazdi. O'tgan yozda erkaklar jamoasi 56 yillik kutishdan so'ng chempionlikka yaqin kelishnigina bajara olgan bir vaqtda "lionessalar" Evropa chempioni unvonini qo'lga kiritishdi. Xo'sh, Garet Sautgeyt shogirdlari Qatardagi Jahon chempionati oldidan ayollardan nimalarni o'rganishi lozim?

Ruhiy yirtqichlik

Angliya o'zining guruh bosqichidagi bazi o'yinlarida, xususan, Norvegiyani 8:0 va SHimoliy Irlandiyani 5:0 hisobida to'liq ustunlik bilan mag'lub etdi. Bosim ostida qolgan vaziyatlarda esa jamoa xotirjam bo'lib, birdamlikni saqlab qola bildi. Qiyin pallalarda chiqish yo'lini topish uchun o'zlarida ishonch topa olishdi. Finallarda Italiya va Xorvatiyaga mag'lub bo'lgan erkaklar jamoasidan farqli o'laroq, ayollarda hech qanday vahima va xavotir yo'q edi. Ular bosim ostida qolgan paytda sovuqqon bo'lishdi va bu nihoyatda katta ruhiy kuchni talab qiladi. 

Ispaniya termasiga qarshi chorak finaldagi bahsda Angliyaning mag'lubiyatiga 6 daqiqa qolgandi, xolos. Futbolchilar asosiy vaqtning katta qismini to'p ortidan yugurib o'tkazib yubordilar. Bunday asabiy o'yinda qo'rquv omili tobora kuchayib borar edi. Agar ushbu jamoa so'nggi uch yirik turnir yarim finaliga etib borib mag'lub bo'lganida, bu muvaffaqiyatsizlik Angliya Futbol Assosiaciyasi tomonidan falokat sifatida qabul qilinar edi. Aksincha, ular o'yinoldi tayyorgarliklariga ishonishdi. Ular o'yin shunday scenariyda kechadigan bo'lsa, murabbiy tomonidan mashg'ulotlar jarayonida uqtirilgan ishni amalga oshirdilar. Ular maydondagi chiziqlarni maydonning yuqori qismiga surdilar. Oldinga markaziy himoyachi Milli Brayt yuborildi va Ispaniya u bilan chalg'ib qoldi. Vaziyatdan unumli foydalib qolgan Jorjiya Stanuey hisobni tenglashtirgan bo'lsa, Ella Tun g'alabani keltiruvchi golni urdi. Germaniyaga qarshi final bahsida ustunlik ikkinchi taymda nemislar tomonga o'tib ketdi. Buni payqagan inglizlar to'p nazoratini to'liq raqibga topshirib, qarshi hujumda o'ynashga o'tdi va urinish ish berdi. Ular finalda kuchli bosim ostida qolib ketganiga qaramay, g'alabani ilib ketishdi. "A" rejasi bilan bir qatorda "B" rejasi ham borligini bilish naqadar yoqimli. Nemislar ularni qo'pol taktika va qasddan provokaciya qilish orqali ko'cha mushtlashuviga tortmoqchi bo'lganida ham ingliz ayollari sovuqqonlikni yo'qotmadi. Bu boshqaruvdagi tajovuz edi. 

Turnirni boshqarish va almashtirishlar

Angliya ayollar termasi o'rnak bo'la oladigan biroq Sautgeyt hech qachon nusxa ola olmaydigan jihat turnirni guruh bosqichida boshlagan asosiy tarkib bilan finalga qadar etib borishdir. Sautgeyt buni tarkib jihatdan tirishib amalga oshirishi mumkin. Biroq finalga qadar etib borishi dargumon. Bu "lionessalar"ga vaqt bo'yicha kurashgan Ispaniya va Germaniya termalariga qarshi o'yinlarda aks tasir ko'rsatdi. Ammo Vigman shogirdlari kuchiga ishondi va umuman olganda, o'zgarishlarni amalga oshirishni alo darajada bajardi. Bu jabhada Sautgeyt qattiq ishlashi kerak bo'ladi. Buni shakllantirish Sautgeytdan juda ko'p vaqt talab qiladi va o'zgartirishlarni ayol hamkasblari kabi samarali amalga oshira olmaydi.

"Qari jangchi" Ellen Uayt himoyachilar tomon otilib ularni charchatadi va ikkinchi taymda Alessiya Russo porladi va to'rtta gol kiritdi. Turnirning "Oltin butsa" sovrindori Bet Mid charchab qolganida uning o'rniga finalda g'alaba to'pini kiritgan Xlo Kelli maydonga tushirildi. Maydonga tushirilgan o'yinchilar o'yini jamoaga ustunlik olib kela olmasligi ayon bo'lgan pallada Vigman futbolchilarni yangilab, muammoni hal qilardi. Qachon oxirgi martta Garet Sautgeyt buning uddasidan chiqqan?

Yakuniy 10 daqiqada o'yinni hal qilish

Finalni kuzatgan ko'pchilik bir narsani payqadi ekstra taymlarning ikkinchi yarmida Kelli jamoani oldinga olib chiqqach, Angliya umuman yutqazadigandek tuyulmadi. Angliya terma jamoasi o'yinni ajoyib tarzda yakuniga etkazdi. Bu oldindan ishlangan mukammal scenariyning bir qismi edi. To'purar Kelli uchinchn golni urish imkoniyatiga ega bo'lganida so'nggi himoyachini dog'da qoldirib, vaziyatni yakunlash o'rniga u vaqtdan yutish uchun burchak tomon bordi va "aut" ishlab oldi. Mana shu burchakda Angliya anchagina vaqtdan yutishga erishdi. Nemis o'yinchisining ortdan zarba berganini sezib fol ishlab olish bilan g'alabani o'zida saqlashga urindilar. Bu nemislarni nihoyatda g'azablantirdi va hisobni tenglashtirish imkoniyatidan ayirdi. 

Angliyalik futbolchilar ular atrofida sodir bo'layotgan drama va muxlislarning yana bitta gol urish undovidagi hayqiriqlariga umuman etibor qaratishmadi. Bu erkaklar uddasidan chiqa olmagan va inglizlar o'yin boshqaruvi uchun oldindan ko'rilgan eng yaxshi tadbir edi. Raqib to'p kiritish uchun avvalo to'pga ega bo'lishi kerak. Uzoq burchakda saqlab turilgan to'pni egallab, hujumga o'tib ketish raqib uchun haqiqiy muammoga aylanadi. Angliya qo'shimcha taymlarda oldinga chiqib olganidan so'ng Germaniyada hech qanday imkoniyat qolmadi. Bu ingliz futbolchilari hayotidagi eng shiddatli o'yinning eng qulay yakuni edi.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика