Lionel Messining qo'riqchisiga taqiq qo'yildi
02 apr 09:18
Yangiliklar


Lionel Messining qo'riqchisiga taqiq qo'yildi
Messining shaxsiy tansoqchisi Yassin Cheukoga Inter Mayami o'yinlari paytida maydon chekkasida turish rasman man etildi.
Bunday qarorni MLS qabul qildi.
U Messini maydonga yugurib chiqayotgan muxlislardan himoya qilayotganiga qaramay, liga faqat maxsus tayinlangan xavfsizlik xodimlari maydon yonida bo'lishini belgilab qo'ydi.
Yassin Cheuko:
Men Evropada etti yil ishladim va shu vaqt mobaynida maydonga atigi 6 kishi yugurib kirdi. AQSHda esa 20 oy ichida 16 ta shunday holat yuz berdi!
Endi maydonga chiqishim taqiqlandi. Men muammo tug'dirmayman. Messini himoya qilishimga ruxsat bering! Men bu ligani yaxshi ko'raman, lekin biz hamkorlikda ishlashimiz kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar