So’nggi yangiliklar

09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  2 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1

Lionel Messi: “O'g'lim hozircha futbolni yoqtirmayapti” Yangiliklar

Lionel Messi: “O'g'lim hozircha futbolni yoqtirmayapti”

Teglar :  Lionel Messi
Beshinchi marta “Oltin to'p”ga sazovor bo'lgan Lionel Messi ushbu sovrin asoschisi va 2010 yildan beri uni FIFA bilan birgalikda topshirib kelayotgan “France Football” nashriga intervyu berdi.

– Qora smoking kiyganingizda “Oltin to'p”ga ega chiqyapsiz. Avvalgi ikki marosimga rangli kostyumlarda tashrif buyurgandingiz.
– To'g'risi, bunga hech qachon etibor qaratmaganman. Tasodifdan boshqa narsa emas.

– Cyurixda oxirgi bor mukofotga ega chiqqaningizdan beri uch yil o'tdi. Bosh sahnaga qaytish siz uchun nimani bildiradi?
– Matbuot anjumanlarida tez-tez gapirganimdek, eng yaxshi uchlik orasida bo'lishning o'zi sovg'a. Barcha yutishni xohlaydi, mukofotni olish yoqimli va muhim, sahnaga chiqqanda ajoyib hissiyotni beradi. Lekin bu yil qandaydir alohida narsa sezmadim. O'ylashimcha, Krishtianu ikki safar “Oltin to'p”ni haqli yutdi. Men xotirjam edim va yangi g'alabadan xursand bo'ldim. SHuningdek, marosimga kelganimdan ham. Sovrinni to'rt bor yutganman, shuning uchun xotirjamlikni saqladim.

– Demak, uni beshinchi marta yutish siz uchun boshqacha ahamiyatga ega emasmi?
– Ularning hammasi o'zgacha. Birinchi safar birinchi bo'lgani uchun qadrli. Ikkinchisi esa uni davom ettirganing bilan. Har birida o'ziga xos tarix bor. Bu jahon nigohi ostida qo'lga kiritiladigan muhim sovrindir. Uni bir necha marta yutishga aniq vazifa qo'ymayman. Etti yoki sakkiz? Menda allaqachon beshta bor. Har kunni yashab, yangi o'yin va turnirlarni kutaman. Agar yana sovringa ega chiqsam, juda yaxshi bo'ladi. G'olib chiqmasam ham qo'rqinchli emas.

– Avvalgi safarlar Krishtianu Ronalduning g'olib chiqishini taxmin qilganingizni aytgansiz. Bu hazilmi yoki hasad?
– Hech narsa. SHunchaki maydonda ro'y bergan holatlar yig'indisi. O'shanda uning navbati kelgandi.


– “Oltin to'p”ni beshinchi marta yutish oldingizdagi g'oya emasdi, shundaymi?
– Hech qachon sovringa intilmaganman. Uni yutgan odamlar ro'yxatiga nazar tashlash etarli. SHu bilan birga u g'olib chiqmagan mukofotim sanalmaydi. Eng muhim sovrinlar jamoa bilan g'olib chiqadigan musobaqalardir. Jamoaviy yutuqlarga doim intilaman. Oxirgi yillarda “Oltin to'p”ni yutmaganim qo'shimcha ishtiyoq tug'dirgani yo'q. Ishtiyoqni bir yil avval birorta sovrin yutilmagani berdi. Har yili barcha turnirlarda g'olib chiqish vazifasini qo'yamiz va o'tgan yili bu bizga nasib etdi. Biz shaxsiy emas, jamoaviy yutuqlar to'g'risida o'ylaymiz.

– Navbatdagi yutuq sizga faxrlanish hissini qo'shmaydimi?
– Men ularning barchasi bilan faxrlanaman. Bu aniq. O'n yil eng yaxshi futbolchilar uchligiga kirish shunchaki bo'lmaydi. Ushbu dalil meni faxrga to'ldiradi.

– 2015 yil qaysi uchrashuvni eng yaxshi deb hisoblaysiz?
– Javob berish oson emas. Eng muhim o'yinlarni birinchi navbatda eslayman. Masalan, “Bavariya” bilan bellashuvda erishilgan 3:0 hisobidagi g'alaba. O'shanda juda kuchli jamoa ustidan zafar quchdik. Mavsum davomida bir qator o'yinlarni yuqori saviyada o'tkazdik. Boshqalardan ustunligimizni ko'rsata olganimiz uchun barcha sovrinlarni yutdik. Boshqalardan muhimroq deb CHempionlar ligasi finalini hisoblayman. Qirol Kubogi. CHunki yakunda kubokni boshing uzra ko'tarasan.

– Amerika Kubogi yarim finalida Paragvayga qarshi bahsda siz jamoaning olti golida ishtirok etgansiz. Buni eslab o'tmadingiz.
– Amerika Kubogi biz uchun ijobiy o'tdi, garchi finalda zarur natijaga erisha olmagan bo'lsak ham. CHili Argentinadan kuchliroq edi deb o'ylamayman. Individual va jamoaviy tarafdan shunday edi. Turnir biz uchun yaxshi yakunlandi deb o'ylayman.

– 2011 va 2012 yillarga nisbatan o'zingizni kuchliroq sezyapsizmi?
– So'nggi ikki yilga nisbatan jismonan yaxshiroq his qilyapman. 2013 va 2014 yillarda tez-tez jarohat oldim, hozir esa yaxshi holatdaman. 3-4 yil avvalgi saviyamga qaytdim.

– 5 yil oldingi va hozirgi Messi o'rtasida farq bormi?
– O'ylashimcha, ulg'aydim. Maydonda yangi narsalarni o'rgandim, ko'p narsaga boshqacha munosabatda bo'lyapman. Maydonda boshqacha joylashuv, Luis Suares kabi sheriklar bilan o'ynashni o'rgandim. Bu Xavining yo'qligi sababli bo'ldi. Harakatlanishni o'zgartirib, maydonda o'sishga erishdim. O'yinim avvalgidek, biroq bazi jihatlar o'zgargan.

– SHeriklaringizga ko'proq to'p oshirishingizni boshladingizmi?
– SHunday. Bunga men bilan birga o'ynayotgan hujumchilar sababchi. To'p bilan bo'lganimda Neymar va Suaresning ochilishini baholashim mumkin. Ularga menga maydonda katta bo'shliq yaratib, yaratuvchanlik uchun ko'proq imkoniyat berishadi. Bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Luis bilan o'zaro tez kirishib ketdik. Hayotda do'stmiz, rafiqalarimiz ham bir-birlari bilan do'stlashib ketishgan.

– Messi inson sifatida qanday o'zgardi?
– Uch yil avval dunyoga kelgan Tiago hayotimni o'zgartirdi va unga bo'lgan munosabatimni o'zgartirib yubordi. Oldin futbolga bog'langan edim. O'yindan keyin 3-4 kun u haqida o'ylab yurishim mumkin edi. O'zimni charchagandek his qilardim. Tiago tug'ilgandan buyon uyga yomon va yutqazilgan o'yindan keyin qaytib, uni ko'raman va boshqa narsa ahamiyatli bo'lmay qoladi. O'g'lim sababli men ulg'aydim va futbolga endi boshqacha qarayman.


– U bilan o'ynaysizmi?
– Ha, tez-tez. Lekin u futbolni unchalik yoqtirmaydi. Uning o'yinchoqlarini o'ynab, sayr qilamiz. Xuddi ota va o'g'ildek.

– Tiago otasining “Oltin to'pi”ga qanday munosabatda?
– Unga salom yo'lladim va u kulib qo'ydi. U meni yana sahnada ko'rganidan xursand bo'lgan deb o'ylayman. Biror boshqacha narsa yuz berganini tushungan.

– U ikki yil oldin otasining qo'liga otilgan Krishtianu Ronalduning o'g'lidan farq qiladi.
– Krishtianuning o'g'li kattaroq. U besh yoshda, ko'p narsani tushunadi. Tiago hali yosh.

– U otasi jahonning eng yaxshi futbolchisi ekanligini tushunadimi?
– Yo'q, albatta.

– Unga bu haqida gapirmaysizmi?
– Yo'q.

– Krishtianu Ronalduning o'g'li sizning muxlisingiz ekanini bilasizmi?
– Bilaman. Bu ajoyib. Bolalar o'zgacha, ular o'zlaricha bo'lib qolishadi. Menimcha, Krishtianu buni borligicha qabul qilib, ajoyib yo'l tutgan. Cyurixda u va Neymar bilan o'g'illarimiz to'g'risida gaplashdik. Krishtianuning o'g'li futbol va futbolchilarni juda yoqtiradi.

– Tiago Krishtianuning ishqibozi bo'lishi mumkinmi?
– Hozir emas, chunki u futbolni unchalik yoqtirmaydi. Tiago yosh va uni yaxshi bilmaydi. Ko'ramiz, u sport nimaligini bilganda qanday ko'rinish olishini. Agar unga Krishtianu yoqsa, hech qanday muammo yuzaga kelmaydi! O'g'lim kimni xohlasa, uni yaxshi ko'rishi mumkin.

– Cyurixda siz Krishtianu bilan juda do'stona munosabatda bo'ldingiz.
– Hamisha shunday bo'lgan. Garchi, biz raqiblar va bir-biriga raqobatchi jamoalarda o'ynasak ham, o'rtamizda katta hurmat bor va raqobatchimizning o'yinidan hayratga tushamiz.

– Yillar o'tishi munosabatingizni o'zgartirdimi?
– Yo'q.

– Futbolga qarashingiz o'zgarganini aytdingiz. U qanday ko'rinishga keldi?
– Albatta, futbol men uchun juda muhim. Uni yoqtiraman. Mashq qilish va o'ynashni yoqtiraman. Bu bolaligimdan intilishimdir. Farqi shundaki, endi hayotimda oilam ham bor, faqat futbol emas. O'yinlar va mashg'ulotni tugatgach, uyga qaytaman va qayta tetiklashaman.

– Neymar va Suares bilan do'stligingiz qanday rivojlanganini aytib bersangiz.
– Neymar oldinroq kelgan. Vaqt o'tishi bilan aloqa o'rnatib, bir-birimizni bilib bordik. Keyin safimizga Luis qo'shildi. Kiyinish xonasida ajoyib tushunish mavjud. Barcha g'alaba va sovrinlar yo'lida bir yo'nalishda harakatlanadi. SHu bilan birga hamma titulni yutish oson emas. SHu sababli munosabatlarimiz birinchi o'rinda. Ular bilan birgalikda ko'plab o'yinlarni o'tkazdik va kim qaerga harakatlanayotganini anglab turamiz.

– Barchangiz Janubiy Amerikadan ekaningiz tasir ko'rsatyaptimi? Evropalik sheriklaringiz bilan yaxshi chiqishib keta olmagansiz?
– Gap bunda emas. Luis urugvaylik va u argentinaliklar bilan yaqin. Madaniyatimiz o'xshash va bu darhol sezildi. Lekin braziliyaliklar ancha farq  qiladi. Lekin ular ham Janubiy amerikalik va bu juda yaxshi. Amerika Kubogi yoki jahon chempionati saralash bosqichida o'yinlarimiz qadri bir xil.


– Argentinaliklar Urugvay va Braziliya futbolchilaridan nimasi bilan ajralib turadi?
– Braziliyalik ajoyib texnika bilan futboldan zavq oladi. Urugvaylik jangchi, har bir imkoniyatdan foydalanishga urinadi va o'zini jamoaga baxsh etadi. Evropaga kelgan argentinalik sovrinlarga tashna va o'zini vatanidan yiroqda ko'rsatishni juda xohlaydi.

– “Barselona” va Argentina terma jamoasida o'ynaydigan Messi o'rtasida farq mavjudmi?
– Bu jamoalar uchun o'ynash bir xil narsa emas. Har kunlik mashg'ulotlar va yurtingga dam olish kunida safar qilib, ikki mashg'ulotdan keyin uchrashuvda ishtirok etish va ortga qaytish o'rtasida farq bor. Lekin ikki Messi bor deya olmayman. Ko'pchilik biz jahon chempionati va Amerika Kubogini yuta olmaganimizdan afsuslanadi, biroq qabul qilish faqat natijaga bog'liq emas.

– Terma jamoa bilan zafar quchish qiyinmi?
– Bu “Barsa” bilan ham qiyin. Raqobat yuqori, yuqori darajadagi futbolchilar etishmaydi. Har ikki jamoada bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Argentina bir yil ichida ikki turnir finalida o'ynadi va har ikkisida mag'lubiyatga uchradi. Terma jamoa bilan sovrin yuta olmaganim oyog'imdan tortib turgan toshga o'xshaydi.

– Faoliyatingizni yakunlayotgan chog'da Argentina chempionatida o'ynamoqchimisiz?
– Ha, bir kun u erda o'ynashni istardim. “Barsa” uyim va shu erda faoliyatimni tugatishni aytganimda Evropani nazarda tutardim. Evropada boshqa klubga o'tmayman, lekin Argentinada o'zimni sinab ko'rardim. U erni yoshligimdayoq tark etganman. Argentina chempionati qanday ekanini bilishni xohlardim.

– Siz “Manchester Siti” yoki “PSJ” ko'chib o'tmaysizmi?
– Hamma narsa bo'lishi mumkin. SHunchaki qolishni istashim haqida gapirdim.

– Leo Messining yakuniy maqsadi qanday?
– Yo'limizda uchragan barcha sovrinlarni yutish.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика