Lionel Messi: "Maqsadimiz mana shu guruhda birinchi bo'lish, biroq "Inter" - mag'lub etish uchun qiyin jamoa"
03 okt 2019 07:00
Yangiliklar


Lionel Messi: "Maqsadimiz mana shu guruhda birinchi bo'lish, biroq "Inter" - mag'lub etish uchun qiyin jamoa"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Inter"ga qarshi o'yindan (2:1) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ayni vaqtda juda charchaganman, lekin mavsumdagi birinchi to'liq 90 daqiqalik uchrashuvimni o'tkazganimdan xursandman. O'yin suratidan ortda qolib ketdim, ammo natijadan mamnunman. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur edi. Biz murakkab guruxdan joy olganmiz. Maqsadimiz mana shu guruhda birinchi bo'lish, biroq "Inter" — mag'lub etish uchun qiyin jamoa. Ular chiziqlarda juda zich o'ynashdi. Baxtimizga g'alaba qozondik", – deydi Messi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar