So’nggi yangiliklar

08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  2 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   12 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  15 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  4 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8

Lionel Messi bilan eksklyuziv intervyu Yangiliklar

Lionel Messi bilan eksklyuziv intervyu

Leo Messi baxtli bo'lishi, o'zini yaxshi his etishi "Barsa" muxlislari uchun yoqimli yangilik.

Argentinalik Kataloniya libosida rekordlarni yangilashda davom etmoqda: u noyabrda Telmo Sarrani (251ta gol) ortda qoldirib Ispaniya ligasi tarixida eng yaxshi to'purarga aylandi.

- Siz maydonda va uning tashqarisida baxtli insonga o'xshaysiz. Bu o'yiningizda ham aks etyaptimi?

- Ha, o'zimni baxtli his qilyapman. Oldingi mavsum omadsiz kechgani sabab, bu mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlash biroz qiyin bo'ldi. O'tgan yilda jarohatlar, maydon tashqarisidagi noxushliklar ko'p bo'ldi.

- O'tgan yilgi natijalarni bu mavsumniki bilan taqqoslaysizmi?

- Men har yili o'sishga, rivojlanishga harakat qilaman.

- Bu mavsumda siz bilan birga yana ikki hujumchi Neymar va Luis Suares bor. Ular sizning maqsadlaringiz yo'lida yordam beryapti. Bu ikki futbolchi sizga bo'lgan bosimni kamaytira oladimi? Avvalari Messi gol urmasa, xuddi "Barselona" g'alaba qozonmaydigandek ko'rinardi...

- Men jamoa g'alaba qozonishi uchun maydonga chiqaman va o'zimni gol urishga majburman deb hisoblamaganman. Neymar va Suaresga keladigan bo'lsak, ular jahon darajasidagi hujumchilar. Bu ikki futbolchi jamoaga faqat g'alaba emas, balki undan ko'prog'ini ham taqdim etishmoqda, shu sababli men xotirjamman.

- Siz gollarni qay tarzda urishni yoqtirasiz? Jarima zarbalaridanmi yoki bir necha nafar himoyachini aldab o'tibmi?

- To'g'risini aytsam, buni o'ylamaganman. Qanday gol urishimning farqi yo'q, asosiysi jamoamning g'alabasi!

- Siz xet-trik qayd etsangiz, o'sha o'yindagi to'pga jamoadoshlaringiz imzosini qo'ydirib, uni uyga olib ketasiz. Bu mahsus suvenirmi?


- Imzo qo'ydirishimdan maqsad, bu butun jamoaning g'alabasi. Jamoadoshlarimsiz bu muvaffaqiyatlarga erisha olmasdim.

- Bu to'plarni qaerda saqlaysiz?

- To'plarni o'yda saqlayman. Ular sovrinlarimning yonida, oynali vitrina ichida turadi.

- Siz barcha xet-triklaringizni eslay olasizmi?

- Hozirmi (kuladi)? Yo'q albatta. Ularni eslash uchun o'sha o'yindagi vaziyat yoki futbolchini ko'rishim kerak bo'ladi.

- Ammo ularning birini ko'proq eslasangiz kerak?

- "Kamp Nou"da "Real"ga qarshi uchrashuvda 3ta gol urganman. Buni eslab qolganimga sabab, bu xet-trik faoliyatimdagi birinchisi edi.

- Siz nishonni his qilib zarba berasizmi?

- Ha, chunki o'yinda hammasi juda tez sodir bo'ladi va o'ylashga vaqt bo'lmaydi. Agar chap yoki o'ng oyoqda zarba bermoqchi bo'lsangiz, siz eng tez variantni izlaysiz.

- Qaysi gol yoki xet-trikkingizdan keyin raqib sizni tabriklaganda o'zingizni baxtli his qilgansiz?

- 2007 yilda "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng, Raul meni tabriklagan. Uning o'shanda aytgan so'zlaridan juda mamnun bo'lganman va bu so'zlarni hozirgacha eslayman.

- Ayni damda futbolchilar uchun eng yaxshi yoshdasiz (27). 13 yoshida La Masiyaga kelgan bolaga qarab nimalar yodingizga tushadi?

- Sportda hammasi tez sodir bo'ladi. Yangi maqsadlar, yangi marralar va ortga nazar tashlashga ham ulgura olmay qolasiz. Uyda o'g'lim va ayolim bilan birga bo'lganimda o'sha damlarni eslayman. Men Antonellani bolaligidan beri taniyman va o'sha kezlarda sodir bo'lgan voqealarni birga yodga olamiz. Hozircha faoliyatimni yakunlash haqida o'ylayotganim yo'q.


- O'g'lingiz Tyago ikki yoshda. Siz tajribali ota bo'lib ulgurdingiz. Bular sizni qanchalik o'zgartirdi? Bu maydonda ham aks etdimi?

- O'zgarishlar bo'ldi. Men birinchi o'ringa oilamni qo'yaman. Bu futbolga bo'lgan munosabatimni ham o'zgartirdi. Avvallari mag'lub bo'lsak yoki nimanidir noto'g'ri qilsam uch yoki to'rt kun hech kim bilan gaplashmas edim. Hozir esa agar kayfiyatim bo'lmasa, o'g'limni ko'rish uchun uyga qaytaman va hammasi o'tib ketadi. O'g'limga qarab barcha g'amlarimni unutaman. Ota bo'lish o'sishning bir qismi deb o'ylayman. Bu narsa futbolni deb aqldan ozmay, hayotda boshqa narsalar borligi haqida o'ylashga yordam beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика