“Lion” sport direktori: “O'ylashimcha, Dembele “Atletiko” bilan kelishuvga erishadi”
10 jan 2021 09:12
Yangiliklar


“Lion” sport direktori: “O'ylashimcha, Dembele “Atletiko” bilan kelishuvga erishadi”
“Lion” klubi sport direktori Junino Pernambukano jamoaning 24 yoshli hujumchisi Musa Dembelening “Atletiko”ga o'tishi haqidagi xabarlarga munosbat bildirdi.
“Musa mening oldimga kelib vaziyatni tushuntirdi. U jamoani almashtirish ayni vaqti ekanligini aytdi. Men bunday bo'lishini kutmagandim, u futbolchi sifatida menga judayam yoqadi. Qaysidir futbolchini majburan jamoada ushlab turish – vaziyatdan chiqishning samarali yo'li emas. Biz “Atletiko” bilan bu borada muzokaralar olib borayapmiz, o'ylashimcha, Dembelening o'zi ular bilan allaqachon kelishuvga erishib bo'lgan”, deya Juninoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Joriy mavsumda 24 yoshli Musa Dembele “Lion” tarkibida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar