Lion o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

Khoja
6 iyul 2024, 10:05
Lion Musa Niakate transferini e'lon qildi.

Senegal milliy jamoasi himoyachisi Nottinghem Forestdan francuz klubiga o'tib, 2028 yilgacha shartnoma imzoladi. 

28 yoshli futbolchi Lion tarixidagi eng qimmat transferga aylandi - 31,9 mln evro. 

2023/24 yilgi mavsumda Niakate APLda 21 o'yinda 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com