"Lion" futbolchisi Manchester sari yo'l olishga rozi
30 may 20:47
Yangiliklar


"Lion" futbolchisi Manchester sari yo'l olishga rozi
"Lion" hujumkor futbolchisi Rayan Sherki "Manchester Siti"ga o'tishga rozi.
Liga 1'ning ushbu mavsumidagi eng yaxshi assistenti rozi bo'lib turgani sababli "Manchester Siti"ning o'zi ham klub bilan muzokaralarni boshlashga tayyor turibdi. "Foot Mercato" yozishicha, Sherki Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynash taklifiga birdaniga ijobiy javob bergan.
"Manchester Siti"ga futbolchi uchun so'ralayotgan mablag' ham maqul kelgan - 40 mln evro. Unga ayni damda "Liverpul", "Borussiya" D va "Bayer" kabi klublar ham qiziqish bildirayotgandi.
Sherki yakunlangan mavsumda Franciya chempionatining 30 o'yinida 8 gol va 11 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar