"Lion" 12 yil deganda yana kubok finaliga chiqdi
03 apr 2024 12:09
Yangiliklar
"Lion" 12 yil deganda yana kubok finaliga chiqdi
Bellashuvda Per Saj shogirdlari yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu tariqa, "Lion" 12 yil deganda yana kubok finalida o'ynaydi. Finalda ularga qarshi PSJ - "Renn" juftligi g'olibi maydonda saf tortadi.
"Lion" oxirgi marta 2012 yil finalda to'p tepgan va "Keviyi" jamoasini Lisandro Lopesning yagona goli evaziga mag'lub etgan. Qizig'i o'sha finalda Aleksandr Lyakazett ham asosiy tarkibda o'ynagan. Lyakazett kechagi bahsda dubl qayd etdi va xuddi "Lion" kabi 12 yil o'tib yana Franciya kubogi finalida o'ynashi mumkin. Jamoa umumiy hisobda mamlakat kubogini 5 bor qo'lga kiritgan.
Franciya kubogi
Yarim final
02.04.2024
"Lion" - "Valensen" 3:0
Gollar: A.Lyakazett (pen.) 51, 57, Gift Orban 75

Eslatib o'tamiz, "Lion" Franciya chempionatida 27 turdan keyin bor yo'g'i 10-o'rinda bormoqda.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar