Lingard: “Ronaldu – futboldagi Maykl Jordan”
28 iyu 2020 21:45
Yangiliklar


Lingard: “Ronaldu – futboldagi Maykl Jordan”
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ronaldu faoliyati davomida yuqori cho'qqilarni zabt edi. U bir nechta klublarda o'ynagan va ko'plab sovrinlarni yutishga erishgan. Ishonchim komilki, u futbolning haqiqiy ramzi, futboldagi Maykl Jordandir.
Ronaldu “Manchester Yunayted”ga o'tganida men 11 yo 12 yosh edim. U bizga turli usullarni o'rgatish uchun kelgandi va bu juda zo'r bo'lgandi. O'shanda uni ilk bor ko'rgandim. U klubga kelganida juda yosh edi va hozirgidek baquvvat emasdi.
Ronalduga qarshi bir necha bor o'ynashimga to'g'ri kelgan. U menga muammo tug'dirganmidi? Rostini aytsam yo'q, u unchalik yomon emas edi! Mavsumlar oralig'idagi bir uchrashuv bo'lib o'tgandi, u maydonga tushdi va tezda o'z mahorati hamda darajasini namoyish etdi”, deydi Lingard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar