Lineker: “Messi qizil kartochkaga loyiq emasdi”
07 iyu 2019 08:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/505349_original.jpg)
![](/upload/storage/505349_220.jpg)
Lineker: “Messi qizil kartochkaga loyiq emasdi”
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Kopa Amerika-2019 uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Argentina-CHili (2:1) uchrashuvini boshqargan hakamni tanqid qilib chiqdi.
Mazkur bellashuvning 37-daqiqasida bosh hakam Mario Alberto Dias argentinaliklar forvardi Leo Messi va chililiklar yarim himoyachisi Gari Medelga qizil kartochka ko'rsatgandi.
“Bu vaziyatda Messi ishtirok etgani uchun mening etiborimni tortdi. Ammo fikrimcha, o'sha vaziyatda Messi yoki boshqa futbolchi ishtirok etgan taqdirdayam, bosh hakam vaziyatni yumshatib, sariq kartochka berish bilan cheklanishi kifoya edi. U vaziyat qizil kartochkaga tortmasdi”, deya o'z Tvitter sahifasida qayd etib o'tdi Lineker.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar