Lineker: "Bugun Sterling juda yomon uxlaydi"

Mirjalol Normatov
16 avg 2020, 10:32
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker YCHL 1/4 finali doirasida "Lion"ga qarshi o'yinda Rahim Sterlingning yaqin masofadan bo'sh darvozani ishg'ol qila olmagan vaziyati haqida gapirdi.

"U to'pga juda kuchli zarba berib yubordi. Aslida bu vaziyatda gol ura olmaslik qiyin edi.

To'pga shunchaki oyoqni qo'yib, ohista zarba bersa bo'lgani edi. U bugun aniq juda yomon uxlaydi", - dedi Lineker.

Aynan ushbu vaziyatdan keyingi hujumda "Lion" uchinchi golni ham urdi va o'yin taqdiri hal bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal