Lindelyof SHveciya terma jamoasi sardoriga aylandi
11 avg 2021 18:01
Yangiliklar


Lindelyof SHveciya terma jamoasi sardoriga aylandi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof SHveciya terma jamoasi sardoriga aylandi.
27 yoshli futbolchi sardorlik bog'ichini himoyachi Andreas Grankvistdan oldi. Grankvist iyulda faoliyatini yakunladi.
Evro-2020da 36 yoshli Sebastyan Larsson sardorlik qildi. Ammo, u ham, tajribali Mikael Lustig va Markus Berg ham terma jamoadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Lindelyof SHveciya terma jamoasi tarkibida 2016 yilda debyut qilgan. U hozirgacha termada 45ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar