"Lill" PSJni yana unvonsiz qoldirdi
02 avg 2021 01:14
Yangiliklar
"Lill" PSJni yana unvonsiz qoldirdi
Amaldagi Franciya chempionlari o'z tarixida ilk bora mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi.
Tel-Avivda o'tgan murosasiz uchrashuvda birgina gol o'yin taqdirini hal qildi. "Lill" futbolchisi SHeka birinchi taym yakunlab borayotgan bir vaqtda, 45-daqiqada parijliklar darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga navbatdagi titulni olib berdi.
Lill – PSJ 1:0 (1:0, 0:0)
1 avgust, 23.00, «Blumfild»
Gol: 1:0 – 45 SHeka.
Lill – Leo Jardim, Botman, Fonte, Tiagu Djalo, Reynildu, SHeka (Yazydji, 79), Andre, Luis Araujo (Ikone, 85), Bamba (Bradarich, 85), Devid (Vea, 76), Yylmaz.
PSJ – Navas, Kerer, Xakimi, Kimpembe (Kurzava, 81), Diallo, Ebimbe (Veynaldum, 71), Danilu Pereyra, Errera, Draksler, Ikardi, Kalimuendo (Garbi, 81).
Ogohlantirishlar: Kerer (30), Diallo (52), Luis Araujo (78), Draksler (84), Leo Jardim (90), Danilu Pereyra (90).
Fikrlar