“Lill” prezidenti: Mourino futbolchilarimizni kuzatmoqda
05 may 2019 08:55
Yangiliklar


“Lill” prezidenti: Mourino futbolchilarimizni kuzatmoqda
“Lill” klubi prezidenti Jerar Lopesning takidlashicha, MYUning sobiq ustozi Joze Mourino va Evropaning boshqa ko'plab skautlari uning jamoasida to'p tepayotgan futbolchilarninng o'yinlarini kuzatib bormoqda.
“SHunchaki bizning uchrashuvlarga tashrif buyurayotgan skautlar ro'yxatiga etibor qarating. Bizda Franciyaning eng xaridorgir futbolchilari to'p tepishmoqda. Joze Mourino jamoamiz sport direktori Luis Kamposning do'sti, u ham jamoamiz haqida iliq fikrlar bildirmoqda. U ham tez orada yangi jamoada paydo bo'lishi mumkin. Bizning futbolchilarni Joze diqqat bilan kuzatib bormoqda”, deya Lopesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.
Ilgariroq OAVlarda portugaliyalik mutaxassis “Roma” bilan muzokaralarga kirishganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. SHuningdek, Joze Franciya klublaridan birida ish boshlashi mumkinligi ham inkor etilmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar