So’nggi yangiliklar

11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  0 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  3 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  1 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3

Liga 1. Messi va Neymarsiz PSJ "Strasbur"ni engdi Yangiliklar

Liga 1. Messi va Neymarsiz PSJ "Strasbur"ni engdi

Franciya chempionati 2-turidan o'rin olgan PSJ – "Strasbur" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Franciya chempionati 

2-tur

PSJ – Strasbur 4:2 

«Park de Prens»

Gollar: Ikardi 3', Ajork avtogol 25', Draksler 27', Sarabiya 86' – Gameyro 53', Ajork 64'

PSJ – Navas, Xakimi, Kimpembe, Kerer, Diallo, Veynaldum (Alkantara, 88), Errera, Ebimbe (Danilu Pereyra, 60), Draksler (Sarabiya, 70), Ikardi (Muinga, 88), Mbappe.

Strasbur – Zels, Filya (Kasi, 63), Jiku, Sissoko, Perren, Lienar, Axolu (Tomasson, 42), Prcich (Sibi, 76), Bellgard, Gameyro (Diallo, 76), Ajork (Uoris, 76).

Ogohlantirishlar: Ebimbe (51), Filya (60), Jiku (79), Bellgard (90+3).

CHetlatish: Jiku (82).

Uchrashuv yakunlandi!  PSJ 4:2 hisobida zafar quchdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!  

90+3. Bellgard Muingani yiqitgani bois ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. PSJda 2 ta o'zgarish: Ikardi o'rniga Muinga, Veynaldum o'rniga Rafa Alkantara tushdi.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sarabiya chap oyoqda yo'llagan zarbasi orqali hisobni oshirdi – 4:2! 

82. Jiku Ikardiga nisbatan qoidani buzdi va ikkinchi sariqni olib, maydondan chetlatildi.

79. Jikuga sariq kartochka ko'rsatildi. 

76. "Strasbur"da 3 ta almashtirish: Prcich o'rniga Sibi, Ajork o'rniga Uoris, Gameyro o'rniga Diallo tushirildi.

70. PSJda o'zgarish: Draksler o'rniga Sarabiya tushdi. 

68. Xakimi Bellgard tomonidan uzatilgan to'pni uzoqlashtirdi. 

65. Messini qaydnomaga kiritishlarini so'raymiz, mehmonlar kuchayishdi.

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ajork "Strasbur"ning ikkinchi golini urdi!  3:2! 

63. "Strasbur"da almashtirish: Filya o'rniga Kasi o'yinga qo'shildi. 

62. Uuuux Draksler Mbappeni chiroyli pas bilan taminladi, Kilianning zarbasi Zels tomonidan bartaraf qilindi. 

60. PSJda almashtirish: Ebimbe o'rniga Danilu Pereyra tushirildi. 

60. Filya Ebimbega nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

57. Tomasson hujumda Gameyroni qidirdi, 2 ga 1 hujum amalga oshdi, ammo ofsayd qayd etildi.

55. Mbappe nimalarnidir tashkil etishga urindi, ornada tribunadan Ramosni izladi.  

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Hujumchi Gameyro bosh bilan gol urib, hisobni qisqartirdi – 3:1! 

51. Ebimbe Bellgardga nisbatan qoidani buzji va sariq kartochka oldi.

48. Mats Zelsdan dastlabki seyv!  Bundan oldin 3 zarbada 3 ta gol bo'lgandi, hozir esa u Mbappe bilan birga-bir holatda qolib, jamoasini qutqardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 3:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shildi.

42. "Strasbur"da o'zgarish: Axolu o'rniga Tomasson tushdi.

39. Gameyro kam sonli vaziyatlardan biriga ega bo'ldi. U darvoza to'qqizligini ko'zladi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

37. Perren – Mbappe qarama-qarshiligi yuzaga keldi. Havodagi kurashdan keyin Mbappe boshini ushlab yiqildi.

35. Mbappe chap qanotda mehmonlarni qiynamoqda, o'ngda esa Xakimi. "Strasbur" har bir poziciyani yopishga urinmoqda, ammo qiyinchilik bilan. Markazda Mauro Ikardi ham faollik namoyish etmoqda. 

32. Do'stlar "Park de Prens"da

30. Kichik "pauza". Lienarga tibbiy yordam ko'rsatildi.

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mbappening pasidan keyin Draksler gol urdi – 3:0! 

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mbappening zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, darvoza to'ridan joy oldi – 2:0! 

21. Draksler Messi uslubida qarshi hujum tashkil qildi – u o'z yurishi bilan raqib himoyasini izidan chiqardi. Ikardiga uzatilgan hal qiluvchi pas kutilganidek chiqmadi.

19. Prcich juda faol o'yin ko'rsatmoqda. "Strasbur"ning o'yini ham hozircha yomon emas.

16. "Strasbur"ning 5 nafar futbolchisi to'p yo'qotilgach orqada qolib ketdi, ammo hech qanday xavfli holat kuzatilmadi.

13. Ajork Navas bilan sinxron tarzda to'pga intildi. Kosta-rikalik darvozabon yaxshi o'ynadi.

10. Ustunlik kutilganidek parijliklarda – "total" ustunlik desa ham bo'ladi. Orada mehmonlar qarshi hujumga o'tib ko'rishdi, ammo o'xshamadi.

7. "Strasbur"ning o'yini maydon markaziga ko'chdi. Gameyro Kimpembe bilan to'p uchun kurashmoqda.

5. Yangilardan Xakimi, Ekimbe hamda Veynaldum harakat qilmoqda. 20 yoshli Ebimbe o'tgan mavsumni "Dijon"da o'tkazgan tayanch yarim himoyachi sanaladi. Qolgan ikki futbolchini siz juda yaxshi taniysiz.

3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Dialloning uzatmasidan keyin Mauro Ikardi bosh bilan gol urib, hisobni ochdi – 1:0!  

1. O'yin boshlandi! 

Parij klubi yangi futbolchilarini tanishtirdi

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun "Pari Sen-Jermen" o'z uyida "Strasbur"ni mehmon qiladi. Mazkur uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика