So’nggi yangiliklar

09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  0 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  4 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4

Liga kubogi Tojikiston va Qirg'iziston klublari uchun ochiq Yangiliklar

Liga kubogi Tojikiston va Qirg'iziston klublari uchun ochiq

2019 yilda asos solingan Liga kubogi musobaqasi eshiklari Tojikiston va Qirg'iziston klublari uchun ochiq.

Bu boradagi xat O'FA tomonidan har ikki mamlakat futbol federaciyalariga yuborildi. Musobaqaga tojik va qirg'iz klublarining qo'shilishi har taraflama foydali bo'lishi mumkin.

Aytaylik, bizda bir necha yillardan buyon xalqaro o'yinlardan chetda qolayotgan klublar bor. Liga kubogida boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etsa, bu orqali ular xalqaro o'yinlarga sekinlik bilan ko'nikma hosil qilib boradi.

Qo'shni respublika jamoalarining qo'shilishi muxlislar sog'ingan derbilarni qaytarishi mumkin. Dushanbe jamoalarining Samarqand yoki Buxoro klublari bilan to'qnashuvlari, Qirg'iziston jamoalarining vodiy klublari bilan o'yinlari katta qiziqishga sabab bo'lishi mumkin.

SHuningdek, futbol muxlislari sabab turizmda ham ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanishi mumkin. Jamoalardan biri qo'shni mamlakatga safar etsa, ularni qo'llash uchun yuzlab muxlislar ham safarga otlanishi katta ehtimol.

Homiylarning qiziqishi ortadi. Qura marosimlari va futbol uchrashuvlarini kamida ikki-uch mamlakat fuqarolari kuzatib borsa, o'z xizmatlarini mana shu mamlakatlarga taklif qiladigan kompaniyalar turnirga qiziqish bildirishi mumkin.

Yildan-yilga translyaciyalar masalasida o'sishga intilayotgan Sport-TV uchun ham yangi marralar yaqinlashadi. Biz hamkorlikda qo'shni mamlakatlar televidenielari hamda federaciyalari bilan aloqalarni yaxshilash bosqichiga o'tamiz.

Liga kubogi har bir ishtirokchi mamlakat hakamlari, komissarlari, inspektorlari uchun ham muhim. Ular xalqaro o'yinlar orqali OFK musobaqalari uchun dastlabki tayyorgarlik bosqichidan o'tish imkoniga ega bo'ladi. Bunda til muammosi deyarli ko'zga tashlanmaydi.

Keyinroq mazkur musobaqada Turkmaniston, Qozog'iston, Afg'oniston jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Bu bilan biz o'rta Osiyo jamoalarini birlashtirib turuvchi klublar musobaqasiga ega bo'lamiz, CAFA mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlar yanada iliqlashadi, - deb yozadi PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика