So’nggi yangiliklar

08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  0 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  1 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  3 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  10 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  21 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  77 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3

Liga Kubogi. "Nasaf" "Navbahor"ga to'rtta gol urdi, mehmonlarda ikkita qizil Yangiliklar

Liga Kubogi. "Nasaf" "Navbahor"ga to'rtta gol urdi, mehmonlarda ikkita qizil

O'zbekiston Liga Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 2-daqiqasida SHerzod Nasrullaevning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi. 4-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Golban boshi bilan darvozaga yo'lladi, zarba noaniq ketdi.

8-daqiqada yana Nasrullaev jarima maydoni ichidan zarba berdi, Mamatxonov to'pni qaytardi. Keyingi daqiqada "Navbahor"ning hujumi vaqtida Nasimovning zarbasini Nematov qaytardi, so'ngra Mozgovoy va Nematov to'qnashib ketishdi. 

10-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Xojiakbar Yunusovning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvoza chizig'i ustida turgan himoyachi qaytarib yubordi. 

17-daqiqada Aziz Ibragimovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

21-daqiqada Humoyun Murtozaev birga bir vaziyatga chiqib ketdi va hisobni ochdi - 1:0. 

22-daqiqada Humoyun Murtozaev dublga erishdi - 2:0. 

23-daqiqada Aziz Ibragimov raqib yuziga urgani uchun maydondan chetlatildi. VIDEONI KO'RISH

 44-daqiqada Boburbek Davlatovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

49-daqiqada G'iyos Komilov o'z jarima maydoni ichida Mozgovoyni ushlab qolgani uchun penalti belgilandi. Umar Eshmurodov 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 3:0.

63-daqiqada Bobir Davlatovning zarbasidan so'ng, to'p himoyachilardan biriga tegib, maydonni tark etdi. 

74-daqiqada chap qanotdan oshirilgan to'pni Narzullaev yaqin masofadan noaniq yo'lladi.

80-daqiqa. G'iyosjon Komilov Xudoyorxon Sadullaevga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi marta sariq kartochka bilan "siylandi" va u qizil kartochkaga aylanib, maydondan chetlatildi.

89-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Xudoyorxon Sadullaev gol urdi - 4:0.  

Uchrashuvda "Nasaf" 4:0 hisobida g'alaba qozondi.


Liga kubogi, 1-tur
NASAF – NAVBAHOR - 4:0
31 may 2019 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 19:15
Hakamlar
: Olim To'ychiboev, SHoxruh Azamov, Ravshan Kopadze
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Humoyun Murtozaev 21, - 1:0. Humoyun Murtozaev 22, - 2:0. Umar Eshmurodov 50 penalti, - 3:0. Xudoyorxon Sadullaev  89, - 4:0.

"Nasaf": Abduvohid Nematov, Humoyun Murtozaev, Jo'rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Doniyor Narzullaev (Xudoyoxon Sadullaev, 77), Bobir Davlatov (Sardor Sadullaev, 77), Sardor Abduraimov, Akmal Mozgovoy, Islom Rashidxonov, SHerzod Nasrullaev, Umar Eshmurodov

"Navbahor": Mirzohid Mamatxonov, Aziz Ibragimov, Slavko Lukich (Mirzohid G'ofurov, 56), SHahzod SHaymanov, Bahodir Nasimov, Igor Golban, Xojiakbar Yunusov, Abdujamol Isroilov, G'iyos Komilov, Ulug'ek Aknazarov (SHohruhmirzo Ahmadaliev, 46), Zafar To'raev

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy 23, G'iyos Komilov 49, Abdujamol Isroilov 84,

CHetlatishlar: Aziz Ibragimov 23, G'iyos Komilov 80.

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика