So’nggi yangiliklar

17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  0 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  2 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  11 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10

Liga Kubogi finali prevyusi: AGMK - "Paxtakor" Yangiliklar

Liga Kubogi finali prevyusi: AGMK - "Paxtakor"

Ketma-ket ikkinchi yil Toshkentning "Paxtakor" hamda Olmaliqning AGMK jamoalari turli xil musobaqalarning final o'yinida jami uchinchi marotaba to'qnash kelmoqda, deb final uchrashuviga prevyu taqdim etmoqda AGMK matbuot xizmati.

O'tgan yili Farg'onada o'tgan kubok finalida jamoamiz "Paxtakor"ni 12-kubogini qo'lga kiritishiga qarshilik qilib, yakunda 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani tantana qilgandi. Joriy mavsum ham final bekatiga qadar yo'qotishlarsiz etib kelgan mazkur jamoalar yana bosh sovrin uchun kurashishdi hamda bu gal poytaxtliklarning qo'llari baland kelib, bosh sovringa egalik qilishdi.

"Paxtakor" bilan bu gal umumiy hisobdagi 27-uchrashuvni o'tkazamiz. Jamoalar ichki chempionatda 24 marotaba va O'zbekiston kubogi finalida 2 bora to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi ustunlik "Paxtakor" tarafida.

Statistikaga ko'ra, 5 marotaba jamoamiz g'alaba qozongan bo'lsa, 2 bor durang qayd etilgan va 19 o'yinda "Paxtakor"ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati: 44-17.



Joriy mavsumda Superliga doirasidagi birinchi davra o'yinida Toshkentda jamoamiz "Paxtakor"ga (4:1) imkoniyatni boy bergandi. Olmaliqdagi bahsda esa "Paxtakor" (3:0) hisobida g'alaba qozongan. O'tgan yilgi finalda esa Yovan Jokichning dubli va Zohir Pirimovning gollariga "Paxtakor"dan Ismoil Gonsalvesh penaltidan urilgan gol bilan javob qaytargandi. Joriy mavsum esa O'zbekiston Kubogi finalida Dragan CHeranning xet-trigi bahs taqdirini hal etgandi.


Etiborlisi, tarixda ilk marotaba o'tkazilayotgan Liga Kubogi musobaqasida AGMK mag'lubiyat nimaligini bilmay  kelayotgan yagona jamoa hisoblanadi. Jamoamiz Liga Kubogi guruh bosqichida 2 g'alaba va 1 durang qayd etdi. Keyinchalik chorak finalda "Metallurg", yarim finalda esa "Dinamo" qarshiligi engilib, final yo'llanmasi qo'lga kiritildi. Finaldagi raqib "Paxtakor" esa guruh bosqichidayoq "Qo'qon-1912"dan qaqshatkich zarba, yani o'z uyida 4:0 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.



AGMKning Liga Kubogidagi mag'lubiyatsiz seriyasini finalda "Paxtakor"ga qarshi bahsda ham davom ettirib, yakunda bosh sovringa ega chiqishga kurashamiz!

Liga Kubogi finali oldidan har ikkala jamoaga taaluqli yana bir qiziqarli faktni keltirib o'tamiz. Bilasiz, O'zbekistonda klublar miqiyosidagi 2019 yilgi futbol mavsumi AGMK hamda "Paxtakor" jamoalarining OCHL pley-off bosqichidagi ishtiroki orqali boshlangandi. SHu bois Liga Kubogi finalchilari mavsumni qishda, yani fevraldayoq boshlashgandi. Etiborlisi, joriy yil hisobidan AGMK va "Paxtakor" barcha musobaqalarda O'zbekistonning boshqa klublaridan ko'proq maydonga tushishdi. "Paxtakor" Superliga, OCHL, O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi doirasida jami 44-o'yinini o'tkazadi. AGMK jamoamiz esa Superliga, OCHL, Superkubok, O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi doirasida jami 39-uchrashuvini o'tkazadi.



Qiziq tarafi, mazkur ikki jamoa joriy yil hisobidan yanvardan boshqa barcha oylarda rasmiy o'yinda ishtirok etgani bilan tarixga kiradi. Faqatgina yil boshida, yani yanvarda rasmiy o'yin o'tkazilmadi. Qishda mavsumni rasman boshlagan jamoalar yil so'nggida, yani qishda mavsumni tugatish arafasida. Bir yil deyarli uzluksiz qizg'in mavsumni o'tkazgan jamoalar ishtirokidagi Liga Kubogi finali O'zbekistonda rasman futbol mavsumini yakunlab beradi. 

AGMK tarixda ilk bor o'tkazilayotgan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritish hamda qizg'in davom etgan mavsumni yuqori notada yakunlashga qattiq bel bog'lagan.



Liga Kubogi final uchrashuvini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi. Mazkur tayinlov Ilgiz Tantashev uchun jamoamiz ishtirokidagi 21-o'yinga aylanadi. Ilgiz Tantashev boshqargan o'yinlarda AGMK 8 g'alaba, 8 durang va 4 mag'lubiyat qayd etgan. 

Liga Kubogi final uchrashuvi PFL qaroriga ko'ra avval belgilangan "Bunyodkor" stadionidan "Paxtakor" o'yingohiga ko'chirildi. Bunga sabab etib maydon maysasi sifati keltirildi. SHu bois Liga Kubogi finali 4 dekabr kuni soat 16:00da "Paxtakor" stadionida o'tkaziladi.

Finaldagi raqib maydonida o'tadigan bahsda AGMK bosh sovrinni aynan "Paxtakor" ustidan qozoniladigan g'alaba orqali "Paxtakor" stadionida boshi uzra baland ko'tarishga intiladi.

Uzoq va qizg'in o'tgan mavsum va yilni ko'tarinki kayfiyatda tugatish uchun AGMK muvaffaqiyat qozonishga qattiq urinib ko'radi. Demak qatorasiga uchinchi finalda o'zaro to'qnashayotgan AGMK va "Paxtakor" o'rtasidagi navbatdagi finalga 1 kun qoldi.



O'zbekiston Liga kubogi

Final

4 dekabr, chorshanba

AGMK - “Paxtakor” (16:00)

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Elyor Tursunov

Nazoratchi: Bobur Haydarov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика