So’nggi yangiliklar

21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  0 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  1 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8

Liga 1ning qonuniy merosxo'ri Yangiliklar

Liga 1ning qonuniy merosxo'ri

Malumki, yozning so'nggi kunida transferlar darchasi qishgacha yopildi.

Evropa futbolida porlayotgan eng istedodli va eng sermahsul yosh hujumchilardan biri - Aleksandr Lakazett yana Lion tarkibida qolib ketdi. Vaholanki, butun yoz bo'yi Londonning Arsenali va shaxsan Arsen Venger forvardni APLga o'tkazish haqida o'ylayotgani OAVlarda tinmay elon qilib borilgandi.  Mish-mishlar Aleks uchun londonliklar juda katta pul taklif qilishganidan xabar berdi, biroq Lion rahbari Jan-Mishel Olya Uni bu erda juda yaxshi ko'rishadi va bu omil Lakazett uchun eng muhimi deya, gap-so'zlarga nuqta qo'ydi... SHu tariqa, Lakazett yangi mavsumni qadrdon jamoasida boshlab, ilk turdayoq Nansi darvozasini uch marta nishonga oldi. Bu orqali hujumchi gollari soni (75ta) bo'yicha Lion afsonasi Junino Pernambukanoni quvib etdi. Etiborlisi, Aleksga buning uchun 173ta o'yin kifoya qildi. Braziliyalik futbolchi esa 75 ta gol urish uchun lionliklar tarkibida 248 marta maydonga tushishga majbur bo'lgandi. Adolat yuzasidan yana shuni takidlash o'rinliki, Lakazett har doim ham asosiy hujumchi sanalmagan. Keling, yaxshisi, uning Liondagi muvaffaqiyatlarini birgalikda ko'rib chiqaylik...

Sifatga chulg'angan samaradorlik

Aleksandr - Olimpik yoshlar akademiyasining eng istedodli, eng qobiliyatli tarbiyalanuvchilaridan biri. U Lionda tug'ilib, shu erda o'sgan va bolalikdagi bosh orzusi - sevimli jamoasida to'p surish istagi bilan yashagan. Bizningcha, aynan shu - bolalikning musaffo orzusi uni hamon bir joyda ushlab turibdi. Lakazett ketma-ket uchinchi yildirki, turli musobaqalarda yiliga 20tadan ortiq gol urib kelmoqda va shuning uchun ham unga nisbatan Arsenal va boshqa klublarning qiziqishi o'lmagan. Franciya chempionatida birgina Zlatan Ibragimovichgina undan ko'ra yaxshiroq ko'rsatkichlarga erishgan. Bir so'z bilan aytganda, Lakazett - barqarorlik timsoli. To'g'ri, u qandaydir anglashilmovchilik tufayli Evro-2016dan benasib qolib ketdi. Vaholanki, Benzema termaga chaqirilmasligi aniq bo'lgach, Aleksandrda milliy jamoada o'ynash umidi paydo bo'lgandi, ammo...

Keling, bugun bunday noxush hodisalarni eslamaylik. CHunki Lakazett ayni paytda 25 yoshga to'ldi va istedodining eng gullagan davrini boshidan o'tkazmoqda. Qiziqarli tomoni, Aleks xuddi Terri Anri kabi faoliyatini hujumchi emas, hujumkor yarim himoyachi sifatida boshlagan. Vaqt o'tgani sari, u ham Anriga o'xshab, hujumning o'tkir uchida paydo bo'la boshladi. Ilk bor bunday voqea 2013|2014 yillar mavsumida kuzatildi. U paytlari Lakazett asosiy hujumchi - Bafetimbi Gomisning ortida harakat qilardi. Ko'pgina vaziyatlarda Aleks goh o'ng, gohida chap qanotda paydo bo'lar, yangi hujumlarni boshlash uchun nimalardir qilishga urinardi. Bafetimbi esa bunday paytlarda piyoda yurgan bo'lardi. Mazkur holat tabiiyki, Lion hujumlari samarasini kamaytirardi. SHu bois, o'sha mavsumda jamoa azolari raqiblar darvozasini atigi 56 marta aniq nishonga olishgan, xolos. Etibor bering, hatto kamtaringina Sent-Etenning natijasi ham xuddi shunaqa edi.

O'sha vaqtlarda Lionning o'yini asosan Gomis va Grene juftligi atrofida tashkil qilinar, Lakazett esa soyada qolib ketardi. Adolat yuzasidan aytish kerak, hatto shu paytlarda ham yigitchaning tezligi va texnikasi uni oldinroqda o'ynatish kerakligini aytib turardi.

Ochig'i, og'irkarvon Gomis hujum markazida o'ynab, bemalol sayr qilib yurarkan, Aleksandr chap qanotda to'pni olib, vaziyatlar yaratish uchun tinmay ter to'kardi. To'p bilan mohirona muomala qilish salohiyati Lakazettni boshqalardan yaqqol ajratib turar, gavdasidan oqilona foydalanishi esa u hatto raqib darvozasiga orqa o'girib turganida ham himoyachilarga xavf tug'dirardi.

Umuman olganda, Lakazettning asosiy forvard sifatida hujum markaziga joylashtirilishi Lion uchun o'ta muhim qaror bo'ldi. Bu orada Remi Gard jamoani tark etdi, boshqaruvga esa yoshlarga imkon berishi bilan tanilgan Yuber Furne tayinlandi. Grene uzoq muddatga safdan chiqqani uchun Fekir va Klinton Nji kabi futbolchilar qarshisida yangi imkoniyatlar eshigi ochildi. To'g'ri, Yoann Gurkyuff haliyam tarkibda edi, ammo u o'zi uchun ananaviy ravishda maydonda juda kam harakat qilardi. Eng muhimi, Gomis Suonsiga o'tib ketdi. Bularning bari birlashib, Fekir, Jalle va Lakazettlar o'zlarini ko'rsatish imkoniga ega bo'lishdi. Ayniqsa, Aleksandr hujumning eng oldingi chizig'iga o'tib, o'zini suvdagi baliqdek his qila boshladi. Albatta, bu o'zgarishlardan keyin Lion natijalari birdaniga yaxshilanib qolmadi. Biroq jamoa o'yini o'tgan mavsumdagidan keskin farq qila boshlagandi.

SHunday uchrashuvlar ham bo'ldiki, raqiblar Lakazettni qurolsizlantirib, oyoq-qo'lini bog'lab qo'­yishdi. Xususan, Marselga qarshi kechgan uchrashuvda bu yaqqol ko'zga tashlandi. Marselo Belsa tomonidan amalga oshirilgan kuchli pressing Lionning taktikasini sindirib, Lakazettni o'yindan tashqari holatga tushirib qo'ydi. SHuningdek, Aleksni zararsizlantirishni PSJ va Sent-Etendagilar ham uddalashdi.

Ana shunday o'yinlardan so'ng malum bo'ldiki, Lakazettning istedodi ko'proq tezlikka asoslangan vertikal futbolda naf keltiradi. Hujumchilarning to'p bilan uzoq yurishlarini talab qilmaydigan bu usul tufayli Aleks Lill darvozasiga uchta, Kannga esa ikkita gol urdi. SHundan keyin Lakazett haqida ijobiy fikrlar yangray boshladi. Aleks esa maqtovlarga javob tariqasida mavsum oxirigacha 27ta gol urib, Lionning qaysidir lahzalarda PSJ va Marsel bilan chempionlik uchun kurashishiga ham zamin yaratdi. Fekir-Lakazett juftligi esa Franciya chempionatida eng xavfli futbolchilar sifatida tilga olindi.

 

Maqsad - ushlab qolish

To'g'risini aytganda, Franciya futbolining kelajagi porloq. Zero, gall xo'rozlari yaqin 10-12 yillik muddat ichida yosh iqtidorlar borasida muhtojlik sezishmasa kerak. Biroq gap Franciya klublari haqida ketsa, bunday deya olmaymiz. Birgina PSJni inobatga olmasa, qolgan klublarning bari moliyaviy imkoniyatlari bilan maqtana olishmaydi va aynan shuning uchun ham noyob iqtidorga ega futbolchilarni Franciya chempionatida uzoq muddat ushlab qolishning imkoni yo'q. Bunga amin bo'lish uchun Marsel yoxud Monakoning ishlarini kuzatishning o'zi kifoya.

SHunday ekan, Lion 2015|2016 yillar mavsumidagi asosiy tarkib vakillarining katta qismini saqlab tura olganini katta voqelikka qiyoslash mumkin. Aslida, Lion rahbarlari yillik byudjetni Fekir va Lakazettni sotish orqali bemalol qoplashlari mumkin edi. Biroq ular Klinton Njini transferi bilangina cheklanishdi. Aksincha, Furne shogirdlari orasida Matyo Valbuena, Serxi Darder, Klaudio Bovyu kabi bir qator tajribali futbolchilar paydo bo'lishdiki, bunday ijrochilar bilan har kim ham maqtana olmaydi. SHu bois,  Lion muxlislari endi jamoa avvalgi obro'sini tiklab, nihoyat, ECHL uchun kurashni boshlaydi deb umid qila boshlashdi. Ming afsuski, yuqorida nomlari keltirilgan yangi futbolchilar klubga unchalik moslasha olishmadi. Masalan, Valbuena Marselda tengi yo'q futbolchi edi, Lionda esa ortiqcha ko'zga tashlanmaydigan oddiy yarim himoyachiga aylanib qoldi. Valbuenaning eng katta ustunligi bo'lgan standartlar ijrosi va qanotdan oshirib beriladigan to'plar Lakazettga etib kelavermasdi. Umid bilan qaralgan yangi futbolchilardan yana biri - Bovyu o'z muammolari girdobiga o'ralashib qolib, Lionning 4-4-2 ko'rinishidagi taktikasidan joy ololmadi va oxir-oqibat, yanvar oyida Seltaga jo'nab ketdi. Bu ham kamlik qilgandek, o'tgan yil sentyabrida Fekir tizzasidan jarohat olib, yarim yilga safdan chiqdi. Tabiiyki, bunday holatda Lakazett ham o'zini ko'ngildagidek his qila olmasdi va u qishki tanaffusgacha atigi 6 marta o'z nomini tabloga yozdirdi, xolos.

Muvaffaqiyatsizliklar esa Lionda bazi juziy o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib keldi. Xususan, vaziyatni boshqara olmay qolgan Furne istefoga chiqarildi. Uning o'rniga kelgan Bruno Jenezio esa taktik chizmani darhol 4-3-3 ko'rinishiga keltirib, Rashid Gezzalyu va Maksvel Kornelarni asosiy tarkibga joylashtirdi. Ayni sabab tufayli Valbuena zaxira o'rindig'iga mixlandi, ammo mazkur qaror Lakazettning foydasiga ishladi. Yani, u ikkinchi davrada 21ta golga mualliflik qildi. Qizig'i shundaki, bu gollarning birortasi jarima maydoni tashqarisidan urilmagan. Nima qilibdi?! Axir hujumchi uchun eng muhimi - kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'lish emasmi?!

Xullas, jarima maydonchasi ichidan beriladigan zarbalar Lakazett uchun o'ziga xos tashrif qog'ozi bo'lib qoldi va u kun sayin yangi qirralarini namoyish qila boshladi. Ayniqsa, Monakoning 6:1 hisobida yakson etilishi tikuvchilar­ga CHL guruh bosqichini vada etibgina qolmay, Aleksning o'zida Evropa chempionatida ishtirok etish umidini uyg'otdi. Ha, uning orzusi ro'yobga chiqmadi. Biroq futbolchining narxi oshsa-oshdiki, aslo pasaymadi. CHunki Lakazett yildan-yilga o'z mahoratini toblab, jarima maydonining har qanday burchagidan mo'ljalni aniq oladigan forvardga aylandi. Tabiiyki, Aleksning sermahsul o'yinlari orqali Lion hujumlari ham keskinlashdi. Xo'sh, Lakazettning narxi qancha o'zi? Futbolchilarning taxminiy narxlarini hisoblab boradigan transfermarkt.de portali Aleksni 35 million evroga baholadi. OAVlarda esa bu ko'rsatkich 40-45 limonga oshdi. Klub prezidenti Jan-Mishel Olya esa Aleksni 60 milliondan kamiga sotmoqchi emasligini takidladi. Aslini olganda ham, yuqoridagi uch xil narxning barchasi qaysidir manoda, o'zini oqlaydi. Faqat, gumonlar reallikka aylanishi uchun Evropaning baquvvat klublaridan birortasi Lakazettga o'ta kuchli ehtiyoj sezishi lozim. Yozgi transferlar vaqtida Aleksga qiziquvchilar bor edi. Biroq hech bir klub Lion manziliga jiddiy taklif yuborishga jurat etmadi. Kim biladi deysiz, bunga biz qishki tanaffusda guvoh bo'larmiz? Zero, Lakazett - har qanday jamoa hujumini kuchaytira oluvchi istedodli yigit...

I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика