So’nggi yangiliklar

11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  1 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  3 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  1 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  8 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  24 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  4 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1

Liga 1. Bir kishi kam bo'lib qolgan PSJ g'alaba qozondi, Messi chempionatdagi debyut golini urdi Yangiliklar

Liga 1. Bir kishi kam bo'lib qolgan PSJ g'alaba qozondi, Messi chempionatdagi debyut golini urdi

Teglar :  PSJ"Nant"Liga 1
Franciya chempionati 14-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Paris Saint-Germain

Kylian Mbappe - 2', Dennis Appiah - 82', Lionel Messi - 87'

Ligue 1 . 14-tur

20/11/2021, 20:00

1
:
3
Tugadi

Nantes

Randal Kolo Muani - 76'

Stadion: Parc des Princes, 47777 tomoshabin

Bosh hakam: Jeremy Stinat

45'
90'
2'  Kylian Mbappe
2'  Leandro Paredes
65'  Keylor Navas
68'  Neymar (Sergio Rico)
71'  Marco Verratti
75'  Marco Verratti (Georginio Wijnaldum)
82'  Dennis Appiah
87'  Lionel Messi
87'  Kylian Mbappe
89'  Leandro Paredes (Danilo Pereira)
40'  Pedro Chirivella
42'  Sebastien Corchia (Dennis Appiah)
58'  Kalifa Coulibaly (Osman Bukari)
58'  Fabio (Quentin Merlin)
76'  Randal Kolo Muani
77'  Marcus Regis Coco (Willem Geubbels)
77'  Samuel Moutoussamy (Wylan Cyprien)
83'  Ludovic Blas

PSJ – "Nant "3:1

"Park de Prens"

Gollar: 1:0 – 2 Mbappe, 1:1 – 76 Kolo-Muani, 2:1 – 81, avtogol Appia, 3:1 – 87 Messi.

PSJ – Navas, Xakimi, Kerer, Diallo, Bernat, Guye, Verratti (Veynaldum, 75), Paredes (Danilu Pereyra, 89), Messi, Neymar (Riko, 68), Mbappe.

Nant – Lafon, Korshya (Appia, 42), Kastelletto, Jirotto, Fabio (Merlen, 58), CHirivelya, Blas, Mutussami (Sipren, 77), Kulibali (Bukari, 58), Koko (Jebbel, 77), Kolo-Muani.

Ogohlantirishlar: CHirivelya (39), Verratti (71), Blas (83).

CHetlatish: Navas (65).


BAHS YAKUNLANDI.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. GOOOL! Yo'q, Leo debyut golini bugun uradi! Hozirgina urdi. PSJning qarshi hujumi Leoning o'z uslubidagi uzoq burchakka beradigan zarbasi bilan yakun topdi. Posbon ham hech narsa qila olmadi.

85. Leo bugun ham Franciya chempionatidagi debyut golini urmaydigan ko'rinadi. Uning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

84. Messi o'zi uchun qulay joyda jarima zarbasi ishlab oldi. Darvozagacha masofa 22 yoki 23 metr.

82. GOOOL! Leoning qanotga uzatmasi raqib himoyachisining oyog'iga tegib, darvozabon ustidan o'tdi va golga aylandi.  Avtogol Appiya hisobiga yozildi.

76. GOOOL! "Nant" hisobni tenglashtirdi. Rikoning dastlabki seyvidan so'ng to'p ustun tomonga ketdi va darvozadan biroz uzoqlashdi. Ammo Kolo Muani darvozaga teskari turib, zarba berdi. Riko bu safar ham to'pni qaytardi, ammo darvoza ichidan. 1:1.

70. Serxio Riko jamoadoshining avtogol urishiga yo'l qo'ymadi. Uning seyvi tufayli muqarrar golning oldi olindi.

68. Darvozabon Serxio Riko maydonga tushishi uchun Neymar zaxiraga olindi va braziliyalik futbolchi bundan xursand emasligi ko'rinib turibdi.

65. QIZIL KARTOCHKA! Keylor Navas chetlatildi! Darvozabon bilan deyarli birga bir chiqib ketayotgan futbolchiga Navas baland sakrab, zarba berdi. Hakam esa uni maydondan chetlatdi. Biroq bu voqea jarima maydonchasi tashqarisida ro'y berdi.

55. Kerer jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. "Nant" forvardi Navas bilan birga-bir qolayotgandi, biroq kutilmaganda Kererning oyog'i to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi va xavf bartaraf etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

38. Messidan navbatdagi muvaffaqiyatsiz zarba. Leo gol urish uchun uchinchi imkoniyatini chippakka chiqardi.

35. Muxlislar fayrlarini yoqib yuborgani uchun stadion tutun bilan qoplanyapti. Asosiy kameraning ko'rish qobiliyati ancha pasaydi.

29. Hozircha Mbappe va Neymar Messining ajoyib uzatmalarini ko'kka sovurishmoqda. 

25. Messi yana bir bor debyut golini urishni eplay olmadi, bu safar Mbappening upasi noqulay bo'ldi.

22. Mbappeee... Kilianning yaqin masofadan bergan zarbasini Lafon qaytarishga erishdi. 

21. Neymar to'pni burchakdan uzatganidan so'ng, uni raqib posboni egallab oldi, ammo maydonga biroz noqulay yiqildi. SHunga qaramay darvozabon o'rnidan turib, bahsni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

17. MESSIII... Leo Liga 1dagi o'zining dastlabki golini urishga yaqin kelgandi, ammo uning o'ng oyoqdan bergan zarbasidan so'ng "Nant" posboni seyv ijro etdi.

11. Goldan so'ng Parij klubi hujumlarni davom ettirdi, ammo hozircha bahsning boshidagidek omad kelmayapti. Hujumlar zarbagacha etib bormay, avvalroq yakun topmoqda.

2. GOOOL! PSJ hisobni ochdi. Verratti raqib qaytargan hujumdan so'ng to'pni uzoq masofadan darvozaga yo'lladi, Mbappe esa nozik teginish bilan to'p yo'nalishini biroz o'zgartirdi va darvoza ishg'ol etildi.

1. Uchrashuv boshlandi. PSJ qora, "Nant" esa sariq rangli futbolkada harakat qiladi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugungi bahs qaydnomasiga Serxio Ramos nomi kiritilmagan. Futbolchida hali ham kichik jarohat mavjud.

PSJ – Nant

21.00, «Park de Prens»

PSJ – Navas, Xakimi, Kerer, Diallo, Bernat, Paredes, Geye, Verratti, Messi, Mbappe, Neymar 

Nant – Lafon, Korshya, Kastelletto, Jirotto, Fabio, Blas, Mutussami, CHirivella, Koko, Kulibali, Kolo-Muani

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика