Liga 1. PSJ bir kishi kam bo'lib o'ynab ham g'alabaga erishdi

14 mar 2018, 23:25
Fransiya chempionatining 31-turining ko'chirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda 31 mart sanasida Fransiya liga kubogida “Monako”ga qarshi o'yinda maydonga tushadigan PSJ 31-turning oldinga ko'chirilgan uchrashuvida o'z maydonida “Anjer”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. E'tiborlisi, o'yinning PSJ 16-daqiqasida Mottaning maydondan chetlatilishi sabab, bahsning qolgan qismini bir kishi kam bo'lib o'tkazdi.

31-turning qolgan uchrashuvlari 1 aprel sanasida bo'lib o'tadi.

PSJ - “Anjer” 2:1

Gollar: 1:0 – 12 Mbappe, 2:0 – 25 Mbappe, 2:1 – 75 Toko-Ekambi.

PSJ: 
Trapp, Tiago Silva, Kurzava, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Motta, Draksler (Nkunku, 76), Di Mariya (Lo Chelso, 68), Mbappe, Kavani (Rabo, 58).

“Anjer”: Byutel, Pavlovich, Bamba, Manko, Toma, Te, Kulibali (Giyom, 78), Kanga (Toko-Ekambi, 58), Santamariya, Ketkeofomfon (Ture, 58), Mangani.

Ogohlantirishlar: Bamba (33), Dani Alves (57), Toma (80).

Chetlatish: Motta (16).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia