Liga 1. “Lion” arizasi qanoatlantirilmadi, “Tuluza” va “Amen” esa chempionatda qoladigan bo'ldi
09 iyu 2020 20:20
Yangiliklar


Liga 1. “Lion” arizasi qanoatlantirilmadi, “Tuluza” va “Amen” esa chempionatda qoladigan bo'ldi
Franciya davlat kengashi rasmiy veb sayti “Lion”, “Tuluza” va “Amen”ning shikoyat arizasi bo'yicha chiqarilgan qarorlarni elon qildi.
Unga ko'ra, kengash Liga 1 mavsumining muddatidan oldin tugashi noqonuniy deb hisoblanishiga hech qanday sabab ko'rmadi, shu tufayli “Lion”ning arizasi qanoatlantirilmadi. Biroq, “Tuluza” va “Amen”ning so'rovlari qondirildi – Liga 1'ning 28 tur natijalariga ko'ra, ular quyi divizionga tushib ketmaydigan bo'lishdi. Franciya Professional Futbol Ligasiga esa 2020/21 yilgi mavsum formatini qayta ko'rib chiqish vazifasi yuklatildi.
Malumot o'rnida, Franciya davlat kengashi mamuriy ishlar bo'yicha mamlakatning eng oliy sudi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar