Liga 1. Ikardi chempionatdagi debyut golini urdi, jamoasi esa yirik g'alabaga erishdi
05 okt 2019 22:30
Yangiliklar


Liga 1. Ikardi chempionatdagi debyut golini urdi, jamoasi esa yirik g'alabaga erishdi
Franciya chempionatining 9-turida PSJ uyda Anje bilan bahs olib borib, 4:0 natijasida zafar quchdi.
Ushbu o'yinda Pablo Sarabiya, Idrissa Guye parijliklar tarkibida debyut gollarini urishgan bo'lishsa, hujumchi Mauro Ikardi Liga 1dagi ilk golini kiritdi. SHuningdek, yana bir aniq zarba Neymar hisobiga yozildi.
PSJ – Anje 4:0 (2:0, 2:0)
«Park de Prens»
Gollar: 1:0 – 13 Sarabiya, 2:0 – 37 Ikardi, 3:0 – 59 Guye, 4:0 – 90 Neymar.
PSJ – Navas, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat (Diallo, 78), Verratti, Paredes, Errera, Guye, Sarabiya (Di Mariya, 83), Ikardi (SHupo-Moting, 72), Neymar.
Anje – Byutel, Ait-Nuri (Tiub, 46), Toma, Traore, Manko, Bobishon (Mangani, 55), Pereyra Laje, Santamariya, Kapel, Ninga, Aliui (Kanga, 78).
Ogohlantirishlar: Sarabiya (23), Pereyra Laje (52), Neymar (82), Paredes (86).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar