Libertadores Kubogi ham to'xtatildi

13 mar 2020, 08:59
Yana bir musobaqa virus sabab to'xtatib qo'yildi.

21 yanvarda guruh bosqichi boshlangan Libertadores Kubogi koronavirus sababli to'xtatilgani ma'lum qilindi. Bu haqda Janubiy Amerika konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko'ra, 15-21 mart sanasida o'tkazilishi kerak bo'lgan bahslar noma'lum muddatga qoldirilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq JCH-2022 musobaqasiga saralash doirasida Janubiy Amerikada o'tkazilishi lozim bo'lgan o'yinlar ham qoldirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RFI