Li Dong Guk: "Menimcha, Kuper boshchiligidagi O'zbekiston syurpriz bo'ladi"
24 dek 2018 21:52
Yangiliklar
Li Dong Guk: "Menimcha, Kuper boshchiligidagi O'zbekiston syurpriz bo'ladi"
Janubiy koreyalik mashhur hujumchilardan biri Li Dong Guk OFK saytiga intervyu berdi.
Intervyu davomida 39 yoshli futbolchi O'zbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirdi.
"Osiyo Kubogi-2019da syurpriz jamoa kim bo'ladi bilasizmi? Menimcha, O'zbekiston, - deydi "CHonbuk Motors" hujumchisi. - Ularda yosh va kuchli tarkib bor. Ularning tarkibini "oltin avlod" deyish mumkin. Balki bu Osiyo Kubogida bilmadim-u, lekin keyingisida O'zbekiston eng yaxshi jamoalardan biri bo'ladi. Men bu jamoani Osiyo o'yinlarida ko'rdim. Aytish mumkinki, O'zbekiston menda iliq taassurot qoldirdi".
Malumot uchun, Li Dong Guk uzoq yillar Janubiy Koreya terma jamoasida to'p tepgan. U 2000 yil Livanda o'tkazilgan Osiyo Kubogi to'purari hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar