"Leypcig" Zabitcer uchun "Bavariya"dan 10 mln evrodan ko'p olmoqchi
23 avg 2021 15:10
Yangiliklar
"Leypcig" Zabitcer uchun "Bavariya"dan 10 mln evrodan ko'p olmoqchi
"RB Leypcig" sardori Marsel Zabitcer klubini o'zgartirishi mumkin.
Uning transferiga "Bavariya" qiziqmoqda. Myunxen klubi avstriyalikning agenti Roger Vitmann bilan suhbatlashmoqda va uni myunxenliklarning ofisi oldida payqashgan.
Zabitcer "Bavariya"ga o'tmoqchi va shartnoma bo'yicha kelishuvga ham erishgan, ammo "Leypcig" "Bavariya" taklif qilayotgan 10 million evrodan ko'p olmoqchi. Ammo, bitim avgust so'nggiga qadar yopilishi kutilmoqda.
Oldinroq xabar berilganidek, 27 yoshzi Zabitcer "RB Leypcig" bilan 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishni rad etgan.
Fikrlar