"Leypcig" Gvardiol klubda qolishini tasdiqladi. "CHelsi" xorvat uchun 100 mln evro taklif qilgandi
31 avg 2022 14:33
Yangiliklar
"Leypcig" Gvardiol klubda qolishini tasdiqladi. "CHelsi" xorvat uchun 100 mln evro taklif qilgandi
"Leypcig" bosh direktori Oliver Mintclaff himoyachi Yoshko Gvardiol kelasi mavsum ham klubda qolishini tasdiqladi.
"Yoshkoning ushbu mavsum bizning safimizda o'ynashini tasdiqlay olaman. U kelasi mavsumda ham bizning o'yinchi bo'lishini taxmin qilaman", — deydi bosh direktor.
Oldinroq, "CHelsi"ning nemis klubiga 20 yoshli xorvat uchun 100 mln evro taklif qilgani malum bo'lgan edi.
Gvardiol o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar